Get Mystery Box with random crypto!

...bu davomi... boshlanisi suhbatning birinchi qismi ... | Rovi Talk

...bu davomi... boshlanisi suhbatning birinchi qismi

...
Manashu sen ko’rayotgan suratlar ortidagi haqiqatlar. Gapiraman desam gap ko’p…
- Unda shuncha qilgan ishlarimizchi? Endi nima bo’ladi?
- Endi senda bir necha yo'l bor. Istaginga qarab yo'lni tanlaysan.
- To'g'rilash endi qiyin emasmi?
- Zamonamizdagi deyarli barcha odamlarga shu yo'llar ko'rsatilgan lekin ular foydali yo'li emas, yoqimli yo'lni tanlashgan.

Diqqat bilan e'tibor ber, insonni qulog'iga, Rahmonni (Ya'ni Allohni) so'zlaridan ko'ra, shaytonni so'zlari yoqimliroq. Odam biror hayrli ishga yurishidan ko'ra, yomon yo'lga qaram qo'yishi osonroq. O'zini tuzatish yo'lida yurgandan ko'ra, istaganini qilishi maqulroq. Bu tabbiy, chunki yuqoriga ko'tarilishdan ko'ra pastga dumalash tezroq. Shunday ekan hozirgi kunda odamlar nima sababdan eng oson, yengil va qulay yo'lni izlayotganiga bir qara. Qanday yo'lni tanlayotganiga qaragin. Shuning uchun foydali gapni gapirsang quloq solinmaydi. Nafsiga maqul gapni gapirsang senga sajda qilishadi. Foydali ish har doim ham yoqimli bo'lavermaydi. Buni aniq bilib ol!

"Men alohida shaxsman, istaganimni gapirishga, istagnaimni qilishga, istagan qarorimni qabul qilishga haqiqm bor" deydi. Lekin shu gaplarni gapirgan odam, qarshisidagi insonni o'zi istagan gapini gapirishini qabul qila olmaydi, istaganini qilishga rozi emas, qarshisidagi insonni istagan qarorlariga esa butunlay qarshi. O'zini holatiga kelganda "Men alohida shaxsman", boshqalarni holatiga kelganda esa, "Insof degan narsa bormi? Vijdoning yo'q ekan! Qani tarbiyang seni? Ota-onang tarbiya bermaganmi? ..." va boshqa ko'plab norozi kayfiyatdagi so'zlar ko'rinadi. Manashu xolatda, "Keling bir to'xtamga kelaylik, yo hamma istaganini qilsin, yoki hamma qoida amal qilsin" deb ko'rgin, avvalo qarshingdagi insonni ichidagi ahlati yuziga chiqishni boshlagandek yuzi o'zgarishni boshlaganini ko'rasan. Undan keyin esa mavzuga aloqasi bo'lmagan gaplarni gapirib bahonalar qilishni boshlaydi. Bir necha daqiqa o'tib esa seni gaplaring unga yetib boradi, hatosini tushinadi, lekin to'g'rilaydimi? Aslo, balki endi senga baqirishni boshlaydi. Sen yomonga, sen iflosga, sen la'natiga, sen odamlarni chuqullaydigan insonga chiqib qolasan uni nazarida. Bularni hammasi nima uchun? O'sha tepaga chiqish qiyin bo'lganligi uchun. Shuning uchun ba'zi ayolla eri qolib yotoq haqida boshqa erkakga gapirib, keyin uni gapiga mos javob qaytarilsa erkakni ayblab o'zini yaxshi ayoldek ko'rsatish osonroq. Sekingiga "Bu mavzuni boshgan siz edingiz, endi men yomonmi", desang, yana bahona, yana boshqa mavzu, yana bir necha daqiqadan keyin ahlat ag'darilishi keladi.

Shuning uchun hozirgi kunda odamlarni gapiga umuman quloq solmaganing maqulroq. Chunki ishtonsiz orqsidan shamol o'tib turganlar senga dinni o'rgatmoqchi bo'ladi. Nima to'g'ri nima noto'g'ri ekanligini vujudi karvonsaroy bo'lganlardan o'rganmaysanku. Jannatiy, Samoiy, Farishtali, Oqila, Dodo, Iloyih, Mukammal degan so'zlardan ta'shkil topgan shiorlar bilan senga nafinga qul bo'lishni o'rgatadi. Sen esa, "men jannatiyman, men pokizman, men ilohiyman" deb yuraverasan. Bilib qo'y, har kim ham "Allohni yerdagi o'rinbosari" emas. Balki hozir ko'pchiligimiz shaytonga ish qoldirmayapmiz va shaytonga o'rinbosar bo'lyapmiz.

- Unda hozirgi zamon talabiga nima qilamiz, qanday yashashimiz kerak?
- Senga javob kerakmi?
- Judayam kerak!
- Unda avval...

...davomi https://t.me/rovitalk/3348

Nurli Bobo qissalaridan

Davomi bor…
Agar davomi qiziq bo’lsa ni bosing.
-
@rovitalk