Get Mystery Box with random crypto!

​Krishtianu Ronaldu “Man Siti”ga yoʻl olishi mumkin Krishtian | 👑 Cristiano Ronaldo | Juventus UZ 🇮🇹

Krishtianu Ronaldu “Man Siti”ga yoʻl olishi mumkin

Krishtianu Ronaldu “Yuventus”dan ketmoqchi. Bu haqda futbolchi atrofidagilarga maʼlum qilgan.

Soʻnggi kunlarda Ronaldu va uning vakillari “Man Siti” variantini koʻrib chiqmoqda, deya xabar qilmoqda LʼEquipe. Qayd etilishicha, portugaliyalik futbolchi “shaharliklar”ning bir nechta vakili bilan u yerdagi sharoitlar haqida gaplashgan.

Avvalroq Ronalduning agenti Jorje Mendesh “Siti”ga mijozini taklif qilgani xabar qilingandi.

Eslatib oʻtamiz, Ronaldu 2003—2009-yillar mobaynida “Man Yunayted”da toʻp surgan.

FUTBOLTV rasmiy sahifasi

https://telegram.me/joinchat/dwpROVSoSCBkZTMy