Get Mystery Box with random crypto!

👑 Cristiano Ronaldo | Official ️

Telegram kanalining logotibi ronaldo_cristiano_apl — 👑 Cristiano Ronaldo | Official ️ C
Telegram kanalining logotibi ronaldo_cristiano_apl — 👑 Cristiano Ronaldo | Official ️
Kanal manzili: @ronaldo_cristiano_apl
Toifalar: Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 33.70K
Kanalning ta’rifi

👑 Cristiano Ronaldoning 🌐 Telegram tarmog'idagi eng faol auditoriyasiga xush kelibsiz! ☑️
👮Creator: @Rasul_menejer
💰Reklama: @Joxa_reklama

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2022-11-17 05:24:30
Ronaldu Rangnikning tayinlanishi haqida: Albatta, men uni tayinlash to'g'risidagi qarorga hurmat bilan yondashdim, biz uni boss deb atashimiz kerak edi, chunki u nima bo'lishidan qat'iy nazar bu ishni o'z zimmasiga oldi. Mening karieramda bo'lgan barcha murabbiylarni men boss deb atayman, chunki agar ular bu ishni o'z zimmalariga olsalar, biz ularni shunday nomlashimiz kerak. Ammo ich-ichimdan men uni hech qachon murabbiy deb hisoblamaganman, chunki men ko'rishni istamagan ba'zi voqealarning guvohi bo'lganman.‌‌

@CR_RONALDO_TG
3.0K views02:24
Ochish/sharhlash
2022-11-17 05:23:21
Ronaldu instagramda eng ko'p obunachiga ega insonligi haqida: Men bundan g‘ururlanaman. Bu men uchun ko‘p narsani anglatadi. Bunda menimcha tashqi ko‘rinishim ham katta rol o‘ynaydi. Shuningdek men xarizmasi yuqori bo'lgan insonman. Ba’zan o‘zimdan nima uchun aynan men birinchi raqamliman deb so‘rayman. Bilasanmi, Pirs, men ishtaha ochadigan mevaga o'xshayman. Hamma meni bir marta tishlab ko‘rgisi keladi. Aynan qanday meva desak bo'larkan, menimcha qulupnaydek.

@CR_RONALDO_TG
2.9K views02:23
Ochish/sharhlash
2022-11-17 05:20:46
Krishtianu Ronaldu: Ayrim murabbiylarni tushunmayman. Ular xuddi sahrodagi so‘nggi Koka kolani topib olgan odamga o‘xshashadi. O‘z metodlarini singdirishga urinishadi. Men har doim eng zo‘r murabbiylar Zidan, Anchelotti, Mourino, Santush kabilar bilan ishlaganman va tajriba orttirganman.

@CR_RONALDO_TG
2.8K views02:20
Ochish/sharhlash
2022-11-17 05:19:18
Ronaldu jamoadoshlari unga quloq solishadimi yo‘qmi degan savolga javob berdi: Ayrimlari. Hammasi ham emas. Bu meni hayron ham qoldirmaydi. Chunki jamoadoshlarimning katta qismi TOP darajada uzoq vaqt qolishmaydi.

@CR_RONALDO_TG
2.7K views02:19
Ochish/sharhlash
2022-11-17 05:17:13
Ronaldu yosh futbolchilar haqida: Esimda 18-19 yoshlik paytlarim Van Nistelroy, Roy Kin, Ferdinand, Gigz kabi kuchli futbolchilardan o‘rnak olishga harakat qilardim va shu boisdan ham hozirgi darajamga yetishdim. Hozirgi yoshlar esa qarshilarida eng yaxshi o‘rnak bo‘la oladigan futbolchilar turishsa ham ulardan namuna olishga harakat qilishmaydi.

@CR_RONALDO_TG
2.8K views02:17
Ochish/sharhlash
2022-11-17 05:16:20
Ronaldu: Sulsherni iste’foga chiqarganingizdan keyin o‘rniga sport direktorini emas, top murabbiy olib kelishingiz kerak

@CR_RONALDO_TG
2.8K views02:16
Ochish/sharhlash
2022-11-16 20:30:14 BREAKING: Krishtianu Ronaldu bugun Portugaliya terma jamoasi bilan mashg'ulot o'tkazmaydi

@CR_RONALDO_TG
3.4K viewsedited  17:30
Ochish/sharhlash
2022-11-14 10:02:45
Siz bu vaziyatda kim tomonidasiz?
Anonymous Poll
7%
MYU har qanday holatda
93%
Ronaldu haq gaplarni aytgan
497 voters723 views07:02
Ochish/sharhlash
2022-11-14 06:35:23
Krishtianu Ronaldu: Muxlislar men uchun hamma narsa. Shuning uchun men ushbu intervyuni bermoqdaman, chunki hozir barchasini aytish va ko'pchilikning ko'zlarini ochish vaqti keldi deb o'ylayman.

@CR_RONALDO_TG
1.9K views03:35
Ochish/sharhlash
2022-11-14 06:21:52 ​​ Krishtianu Ronaldu jurnalist Pirs Morganga eksklyuziv intervyu berdi:

"Manchester Yunayted" meni klubdan majburan chiqarib yuborishga harakat qildi. Nafaqat murabbiy, balki klubdagi boshqa insonlar ham. Men o'zimni sotqinlardek his qildim. Sezyapman, ba'zilar meni nafaqat bu mavsum, balki o'tgan mavsumda ham MYUda ko'rishni xohlamagan edi."

Ralf Rangnik haqida: "Agar siz hatto murabbiy bo'lmasangiz, qanday qilib MYU ustozi bo'lasiz? Men u haqida hech qachon eshitmaganman"

Runi haqida: "Ueyn Runi? Nega meni bunchalik tanqid qilishini bilmayman. Balki, men hali ham yuqori saviyada to'p surayotganim, u esa nafaqaga chiqqani uchundir”.

Ten Hag haqida: "Ten Hag? Men uni hurmat qilmayman, chunki u meni hurmat qilmaydi. Agar sen meni hurmat qilmasang, men seni hech qachon hurmat qilmayman”.

Ser Aleks Fergyuson haqida: “U klub to'g'ri yo'lda emasligini hammadan yaxshi biladi. Barchasini biladi. Lekin buni ko‘rmaydiganlar... shunchaku bu istashmaydi. Chunki ular ko'rdirlar."

«O'tgan yozda «Manchester Siti»ga o'tishim mumkin edi. Lekin men qalbimga ergashdim. Ser Aleks Fergyuson menga: «Siti»ga bora olmaysan, buning iloji yo‘q», - dedi. Men esa: “Yaxshi, xo‘jayin”, - dedim.
   Men jamoada yaxshilanish yo'qligidan hayratda edim. Qaytib, men yangi infratuzilma, yangi texnologiyalarni ko'raman deb o'yladim, lekin klubda hech narsa o'zgarmagan. Basseyn, jakuzi, hattoki trenajyor zali ham – hammasi men klubda avval o'ynagan vaqtlarimdagidek. Ser Aleks ketganidan beri klubda hech qanday evolyutsiyani bo'lmagan. Hech narsa o'zgarmagan".


“Menimcha, muxlislar haqiqatni bilishlari kerak. Men klub uchun eng yaxshisini xohlayman. Shuning uchun ham MYUga keldim. Ammo klub ichida "Siti", "Liverpul" va hattoki "Arsenal" singari eng yuqori darajaga ko'tarilishimizga yordam bermaydigan ba'zi narsalar mavjud... bunday miqyosdagi klub, mening fikrimcha, yuqori cho'qqida bo'lishi kerak edi, afsuski, bunday emas.

Pikasso aytganidek, siz qayta tiklashingiz uchun, avval vayron qilishingiz kerak va agar ular mendan boshlasa, bu men uchun muammo emas. Men "Manchester Yunayted"ni yaxshi ko'raman, muxlislarni yaxshi ko'raman, ular har doim men tomonda. Ammo, agar ular boshqacha yo'lni tanlasalar... ular klubda ko'p narsalarni o'zgartirishlari kerak bo'ladi."

"Muxlislar men uchun — hamma narsa. Shuning uchun men ushbu intervyuni bermoqdaman, chunki hozir barchasini aytish va ko'pchilikning ko'zlarini ochish vaqti keldi deb o'ylayman"

Krishtianu Ronaldu
1.9K views03:21
Ochish/sharhlash