Get Mystery Box with random crypto!

​​Bir so'zim eshit erkam. Ne bo'lar bilmam ertam. Qilsa mening | •❤•ßΐřÐσηαℳ•❤•

​​Bir so'zim eshit erkam.
Ne bo'lar bilmam ertam.
Qilsa mening g'iybatim.
Dushmanlarim bo'lib jam.
Baxtim bo'lib qolsa kam.
Sevasanmi shunda ham.

Do'stim bilmas qadrim.
Bo'lmasa biror mardim.
Notavonlar dastidan.
Ko'payib ketsa dardim.
Ko'zlarimni qilsa nam.
Sevasanmi shunda ham.

Orzularim dil ezar.
Boshing uzra sochsam zar.
Dunyo dardi tugalmas.
G'am g'ussaga botsam gar.
Kelganida o'sha dam.
Sevasanmi shunda ham.

Baxt teskari aylanib.
Yog'och otga tayanib.
Qolsam agar bir kuni.
Asolarga suyanib.
Nogiron bo'lib qolsam.
Sevasanmi shunda ham?


➶⁀➷‿➶⁀➷‿ ➶⁀➷‿

➫https://telegram.me/joinchat/AAAAAEIAGTkKSCl0ufWmAA