Get Mystery Box with random crypto!

​​ Mourinyo bugun boshqacha taktika qoʻllashi mumkin. Bu S | 🇮🇹 SPETSIYA TV 📺

​​ Mourinyo bugun boshqacha taktika qoʻllashi mumkin. Bu Shomurodov va Abraham bilan bog'liq

"Roma" A Seriya -turida "Sassuolo" bilan kuch sinashadi. Rimda oʻtkaziladigan bahs Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi.

Mazkur bahsda Joze Mourinyo boshqacha taktikadan foydalanishi mumkin. Yaʼni bir vaqtning oʻzida Eldor Shomurodov va  Temmi Abraham maydonga tushishi kutilmoqda. Raqib juda kuchli boʻlmagani uchun murabbiy shunday yoʻl tutishi mumkin. Bu orqali Joze ikkita hujumchi taktikasini sinovdan oʻtkazib oladi.

Italiya terma jamoasi va “Inter” klubining sobiq himoyachisi Marko Materatssi Moskva shahridagi turnirda Eldor Shomurodovning salohiyati haqida fikr bildirar ekan, bugungi bahsda Mourinyo ikkita hujumchidan foydalanishi borasida fikr bildirdi.

- Eldor Shomurodovning oʻyinlarini avval ham koʻrganman. Menimcha, u juda yaxshi futbolchiga aylana oladi. Hozir eng muhimi, u jamoani his qilishi va Temmi Abraham bilan birga oʻynay olishi kerak. Eshitishimcha, yakshanba kuni Mourinyo “Sassuolo”ga qarshi uchrashuvda bu ikkisini hujumda oʻynatishi mumkin ekan. Hozir ular bir-birini almashtiryapti. Men buyuk futbolchilar birga oʻynashi kerakligiga aminman, - dedi Marko Materatssi.

@UZROMA_TV