Get Mystery Box with random crypto!

Fundamentsiz va betoqat dasturchi yoshlar diqqatiga! Buni b | RoboContest.UZ

Fundamentsiz va betoqat dasturchi yoshlar diqqatiga!

Buni barcha dasturlash sohasiga kirmoqchi bo'lgan yoki endigina qadam qoyganlar bilishi shart!

Biroz uzun post bo'ldi lekin o'qishga arziydi deb o'ylayman

O'zingizni aldamang, ish beruvchi va o'zingizni vaqtingizni qadrlang. Kursni o'zi yetarli emas. Bu haqida keyingi postda yozaman xudo xohlasa.

Nega o'quv markazini tugatib vada qilingan 500-1000$lik ish topolmaysiz ?

Sababi: Kursni endigina tugatib kelganga buncha hech kim bermaydi, balkim 1-2 ta holat bordir, lekin bu sanoqli albatta chunki ularda fundament bo'ladi

Zamonaviy kasblardan bo'lmish dasturlash sohasiga kirmoqchi ekansiz. Birinchi navbatda fundamental bilimlarni egallang!

1) Matematika asoslari
2) Algoritmlash, ma'lumotlar tuzilmasi
3) Ingliz yoki rus tilini (majburiy emas, lekin tavsiya etiladi)
bilish shart va zarur

To'gri bularsiz ham bo'ladi, lekin kerakli kadr bo'lmaysiz va fundamentsiz ekanligiz uchun kompaniyaga ishiga halaqit berasiz. Katta ehtimol bilan sizni osongina javobingizni berishadi

Yuqorida yozilgan 3 ta talabga javob bera olsangizgina, ana keyin professional dasturlash sohalarini tanlashingiz mumkin, web sohasimi, mobile developmentmi farqi yoq, software engineer bo'lmoqchi ekansiz, talab sizni karyerangiz davomida ta'qib qilib yuradi, ulardan qocholmaysiz

O'zim ham bu narsaga tez-tez guvoh bo'laman, ko'p yillik tajribaga ega dasturchilar dasturlashga kirib kelayotgan yoshlarning asl maqsadi (katta ehtimol bilan) faqat yuqori maosh ilinji ekanligini ta'kidlashyapti. Fundament esa 0. Matematika 0, Algoritm 0.

Hurmatli yoshlar dasturlash faqat katta oylikli ish emas, ko'p narsani bilish ham kerak...


Boshqalar bilan bo'lishing. Majburiy

@adizbek_ergashev