Get Mystery Box with random crypto!

Afsuslanish yoki mag'lubiyat Hayoting davomida juda ko'plab i | Robert Kiyosaki Maktabi 🏦 | Official |

Afsuslanish yoki mag'lubiyat

Hayoting davomida juda ko'plab imkoniyatlar chiqadi. Hayolingga keladigan birinchi fikr agar o'xshamasa-chi? Hamma kulsa nima bo'ladi? Sharmanda bo'laman-ku!

Endi meni diqqat bilan eshit sen shu paydo bo'lgan imkoniyatdan foydalansang yoki o'xshashi yoki o'xshamasligi mumkin. Lekin foydalanmasang eng yomoni hali oldinda bo'lishi mumkin. Bu afsuslanish!

Bir kun kelib agar shu imkoniyatdan foydalanganingda hammasi o'xshashini bilib qolasan va bu senga dunyodagi eng o'g'ir hissiyotlarni "tuhfa" qiladi.

Shunday insonlarni bilaman yaxshi ko'rgan insoniga buni ayta olmagan. Lekin aytganda natija ijobiy bo'lishini yillar o'tib bilgan. Yoningda siz maslahat, yordam yoki katta foyda olishing mumkin bo'lgan inson bor lekin tortinyapsizmi ? Balki yo'q der, balki e'tibor bermas. Lekin sinab ko'rishing shart!

Unutma! Ertaga sen afsuslanadigan yagona narsa bu foydalanilmagan imkoniyatlar bo'ladi. Seni rad qilinganing, mag'lub bo'lganing yoki o'xshamagan ishlaringni hech kim eslamaydi!

Do'stlaringizni ham Maktabimizga taklif qiling
@RobertKiosakiMaktabi