Get Mystery Box with random crypto!

QO‘YILGAN MAQSADLARGA ERISHISH UCHUN MASLAHAT! •Hayotimizda | Robert Kiyosaki Maktabi 🏦 | Official |

QO‘YILGAN MAQSADLARGA ERISHISH UCHUN MASLAHAT!

•Hayotimizda hammamiz orzular qilamiz, rejalar tuzamiz, biroq ko‘pgina hollarda orzularimiz – orzuligicha qolib ketadi.

•Buning sababi orzuga erishish uchun maqsad tuzib, bu maqsad tomon izchillik va ketma-ketlik bilan yurish lozimligini, unga erishishning aniq bir dasturini tuzish zarurligi haqida ko‘p narsani bilmaymiz.

•Quyida biz orzularingizni maqsadga – maqsadni esa natijaga aylantirishga yordam berishi mumkin bo‘lgan maslahatlarni sizning hukmingizga havola qilamiz.

•Yozma ravishda fikrlang. Qog‘ozga ko‘chirilmagan maqsad, mavjud emas.

•Maqsadlarni aniqlik bilan qo‘ying va nima, qayerda, qachon, va qanday qilib savollariga javob bering.

•Maqsadni vaqtda cheklang: erishilish vaqti noma’lum bo‘lgan maqsad – bu orzudir.

•O‘ylab ko‘ring, maqsadingizga erishishingiz, sizdan boshqa yana kimga foyda keltirishi mumkin?

•Maqsadingizni tasdiq shaklda, hozirgi zamonda ifodalang.

•Maqsadingizni yanada kichikroq maqsadchalarga bo‘ling, maqsadga erishishning batafsil ssenariysini tayyorlang.

•Maqsadingizga erishish yo‘lidagi har bir hatti-harakatingiz uchun mas’uliyatni o‘z zimmangizga oling.

•Maqsadingizga erishishda oraliq natijani aniqlab oling.

•Maqsadingiz haqida o‘ylang, unga erishish vositalari haqida emas.

•Maqsadingizning oxirgi nuqtasini belgilang va u tomon yuring.

•Maqsadingizga erishgan kelajak obrazini yarating va bu obrazni eslab qoling.

•O‘zingizni go‘yoki muvaffaqiyat kafolatlanganday tuting.

@RobertKiosakiMaktabi