Get Mystery Box with random crypto!

​​​Oskar Xartmanning tadbirkorlar uchun 8 ta hayotiy maslahatl | Robert Kiyosaki Maktabi 🏦 | Official |

​​​Oskar Xartmanning tadbirkorlar uchun 8 ta hayotiy maslahatlari

1. Insonning yagona “yuk”lari — bu uning miyasi, tanasi, sogʻligʻi, koʻnikmalari va bilimidir.

2. Amalga oshirilgan kichik qadamlar toʻplami boʻlmasa, siz biznesni amalga oshira olmaysiz — shuning uchun koʻp gʻoyalar odamning hayolidayoq oʻlib boʻladi.

3. Hayotdagi eng katta komfort — bu aslingizdek va erkin boʻlishga, oʻz gʻoyalaringizni shakllantirishga hamda targʻib qilishga imkon berishdir.

4. Yirik kompaniyalar yangi narsalarni yaratishda juda oqsashadi, shuning uchun gipotetik ravishda gʻalaba qozonish uchun barcha resurslarga ega boʻlish ham ular gʻalaba qozonishini anglatmaydi.

5. Hech qanday kuch yosh yigitning energiyasi bilan raqobatlasha olmaydi. Shuning uchun yosh tadbirkorlar tajribali bozor oʻyinchilariga qarshi chiqishlari mumkin va kerak.

6. Muvaffaqiyatli boʻlish uchun siz toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya jarayonidan bahramand boʻlishingiz va uning barcha nyuanslarini shaxsan oʻrganishni xohlashingiz kerak.

7. Hozirgi raqamli dunyoda eng muhim mahorat bu toʻgʻri savollarni berishdir. Internetda har qanday savolga potensial javob topa oladigan muhitda inson hayotining sifati asosan uning savolni toʻgʻri bera olish qobiliyatiga bogʻliq.

8. Siz doimo oʻzgarib turishingiz kerak — kelajakda oʻtmishdagi kabi doimiy ravishda qila olmaysiz. Oʻtmishdagi sxemalar koʻpincha muvaffaqiyatga toʻsqinlik qiladigan “muvaffaqiyat tuzoqlari”dir.

Do'stlaringizni ham Maktabimizga taklif qiling
@RobertKiosakiMaktabi