Get Mystery Box with random crypto!

Rmedu.uz rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi rmeduuz — Rmedu.uz rasmiy kanal R
Telegram kanalining logotibi rmeduuz — Rmedu.uz rasmiy kanal
Kanal manzili: @rmeduuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 430
Kanalning ta’rifi

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etish markazi yangiliklari
Veb sayt: rmedu.uz
Facebook: www.facebook.com/deveduuz
Savol va takliflar uchun: @DevEduTakliflarBot

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-07-18 16:51:33O‘qishni ko‘chirish tartibi qanday?

Respublika davlat oliy ta’lim muassasalariaro o‘qishni ko‘chirishga (ichki “perevod”) 2 ta uzrli sababga asosan ruxsat beriladi:

talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda;

davlat xizmatchisi ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda (tegishli vazirlik/idora rahbarining tavsiyasi asosida).

Boshqa holatlarda “ichki perevod”ga ruxsat berilmaydi.

Xorijiy davlatlardagi OTMdan o‘qishni ko‘chirishda (tashqi “perevod”):

mos va turdosh ta’lim yo‘nalishiga talabadan alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari natijasida o‘tish balini to‘plash talab etiladi. Bunda kasbiy (ijodiy) imtihonlar tegishli OTM, test sinovlari esa DTM tomonidan o‘tkaziladi.

o‘tish balidan past ball to‘plagan talabalarga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi.

mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.

O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMdan o‘qishni ko‘chirish xorijiy OTMdan o‘qishni ko‘chirish tartibi kabi tashkil etiladi.

mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishiga tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super-kontrakt)ni bir martalik to‘lov asosida ko‘chirishi mumkin.

Arizalar quyidagi elektron platformalar orqali qabul qilinadi:

transfer.edu.uz — respublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida;

my.dtm.uz — xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan.

Hujjatlar qabuli 5-avgustga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Kerakli hujjatlar:
ariza (onlayn tarzda)
transkript yoki reyting daftarchasi (JPEG yoki Pdf shakli)
akademik ma’lumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun).

Yo‘nalishlar kesimida o‘tish ballari bu yerda: @eduuzuniversalbot

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
76 views13:51
Ochish/sharhlash
2022-07-15 21:12:39
#Qabul2022

Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish muddatlari uzaytirildi

Abituriyentlarga qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida davlat OTMga my.gov.uz portali va my.dtm.uz rasmiy veb-sayti orqali onlayn roʻyxatdan oʻtkazish istisno tariqasida uzaytirildi.

Unga ko‘ra abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 2022-yil 27-iyulga qadar (27-iyul kuni ham) davom etadi.

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatga olish esa 17-iyulga qadar (17-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Mazkur muddat davomida abituriyentlar:
o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari;
hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritishlari mumkin;
shuningdek, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar OTMda tashkil etilgan qabul komissiyalari orqali roʻyxatdan oʻtkaziladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
160 views18:12
Ochish/sharhlash
2022-07-13 07:53:13 Qabul 2022-2023: ochiq, shaffof va korrupsiyadan xoli

Bugun, 13-iyul kuni soat 11:15 da Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tadi.

Press-klubning mazkur sessiyasi “Qabul 2022-2023: ochiq, shaffof va korrupsiyadan xoli” mavzusida o‘tkaziladi va 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoniga bag‘ishlanadi.

Ishtirokchilar:

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Rahimjon Hakimov;
Davlat test markazi direktori Majid Karimov;
Prezident ta’lim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova va boshqa mutasaddilar.

Jonli efirni “O‘zbekiston 24”, “UzReport TV” va “Renessans” telekanallari orqali 11:15 dan boshlab tomosha qilish mumkin.

https://t.me/rmedu_uz
178 views04:53
Ochish/sharhlash
2022-07-13 07:22:36
Abituriyentlar uchun maxsus @eduuzuniversalbot ishga tushirildi

Unda siz uchun eng muhim quyidagi maʼlumotlarni oson topishingiz mumkin.

BAKALAVR:
Fanlar majmuasi—2022;
Qabul kvotalari—2022 (kunduzgi, kechki, sirtqi, masofaviy);
Oʻtish ballari—2021 (hududlar, yoʻnalishlar kesimida).

MAGISTRATURA:
Fanlar majmuasi—2022;
Qabul kvotalari—2022
Oʻtish ballari—2021 (OTM kesimida).

Shuningdek:

Xorijiy hamda nodavlat OTMdan oʻqishni koʻchirish boʻyicha 2022-yil uchun oʻtish ballari;
Professional taʼlim muassasalari va akademik litseylar haqida maʼlumot, ularga 2022/2023-oʻquv yilida oʻqishga qabul qilish boʻyicha qabul kvotalari va fanlar majmuasini bilishingiz mumkin.

@eduuzuniversalbot biz sanamagan yana koʻplab qulayliklarga ega.

Bizni kuzating: @eduuz
129 views04:22
Ochish/sharhlash