Get Mystery Box with random crypto!

“Elektron kutubxona” platformasi yaratildi O‘zbekiston Respu | Rmedu.uz rasmiy kanal

“Elektron kutubxona” platformasi yaratildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 24-dekabrdagi PQ - 60-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida vazirlik huzurida yagona “Elektron kutubxona” platformasini ishga tushirildi.
2022-yil 26-iyul kuni ZOOM platformasi orqali “Elektron kutubxona” platformasinida ishlash va doimiy faoliyatini tashkil etish yuzasidan seminar tashkil etildi.
Seminarni Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etish markazi direktori Sh.Yakubov ochib berdi.
“Elektron kutubxona” platformasini funksiyalari haqida mutaxassislar tomonidan to'liq ma'lumotlar va tushuntirishlar berildi.
Seminarda Oʻzbekiston Respublikasidagi OTM oʻquv ishlari boʻyicha prorektorlari, ARM va ATM mutaxassislari qatnashdi.

https://t.me/rmeduuz