Get Mystery Box with random crypto!

Diplom dublikatini olish tartibi soddalashtirildi Oliy va oʻr | Rmedu.uz rasmiy kanal

Diplom dublikatini olish tartibi soddalashtirildi

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimida raqamlashtirish borasida yana bir muhim qadam tashlandi.

Hukumat qarori (21.07.2022-y.) bilan oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning dublikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

Unga koʻra endilikda,

fuqaro Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali onlayn yoki oʻziga yaqin joydagi Davlat xizmatlari markazlariga borib diplom dublikatini olish uchun soʻrovnomani toʻldiradi;

fuqarodan boshqa hech qanday hujjat talab etilmaydi;

fuqaro tahsil olgan taʼlim muassasasiga borib, ovvora boʻlishiga hojat qolmaydi;

Diplom dublikati 15 ish kuni davomida soʻrovnomada koʻrsatilgan manzilga yetkaziladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube