Get Mystery Box with random crypto!

#Gerbim_iftixorim Oʻzbekiston jurnalistlar uyushmasi, Oliy | Rmedu.uz rasmiy kanal

#Gerbim_iftixorim

Oʻzbekiston jurnalistlar uyushmasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi va Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi hamkorligida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganligining 30 yilligiga bagʻishlangan “Gerbim — iftixorim” onlayn intellektual tanlovi eʼlon qilindi.

Ushbu viktorina 2022-yil 1-iyul kuni soat 06:00 dan 18:00 ga qadar 1 kun davom etadi.

Ishtirokchilar kun davomida Davlat ramzlariga oid jami 40 ta test savoliga (har bir savolga 1 daqiqadan) toʻgʻri javob topishi kerak.

Eng yuqori ball toʻplagan 10 nafar ishtirokchi maxsus diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

Tanlov NIZOMI bilan tanishing.

Tanlovda ishtirok etish:
https://t.me/JIU_tanlovbot

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube