2023-03-12 23:56:49
Burgutni cho'qishga haddi sig'adigan yagona qush - bu qarg'a. U burgutni yelkasiga qo'nib, bo'ynini cho'qiy boshlaydi. Ammo mag'rur qush bunga e'tibor bermaydi, qarg'a bilan kurashmaydi, kuchini bekorga sarflamaydi. U shunchaki, qanotini keng yoyib, tepaga - osmon-u falakka parvoz qiladi. Burgut balandlagani sari qarg'a nafas olishga qiynalib, oxiri qulab tushadi.
Odam o'z maqsadi sari harakat qilganida kim bilandir bahslashishga, yoki kimgadir biror nimani isbotlashga hojat yo'q.
Maqsad qo'ydingizmi, demak, reja qilgan ishning yarmini bajaribsiz. Endi ortga qaramasdan, qolganini ham amalga oshirish uchun harakatdan to'xtamang. Oldinga qarab intiling, yo'lda davom eting, shunda hamma to'siqlar o'z o'zidan qulay boshlaydi.
21 views20:56