Get Mystery Box with random crypto!

Hurmatli hamkasblar! Aziz do’stlar! Sizni xalqimizning eng ul | "Qarshi MTU" UK Rasmiy kanali

Hurmatli hamkasblar! Aziz do’stlar!

Sizni xalqimizning eng ulug’, eng aziz bayrami – O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman!
Shunday qutlug’ damda yurtimizga tinchlik, barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga farovonlik tilab qolaman!
Mustaqillik bizga milliy o’ziga xosligimizni, or-nomus va g’ururimizni, milliy qadriyatlar, urf-odat va an’analarimiz bilan faxrlanish hissini qaytargan bayram sifatida abadiy qoladi va jonajon Vatanimiz yilnomasiga oltin harflar bilan yoziladi.
Har birimiz uchun qudrat manbai, saodat maskani bo’lgan jonajon O’zbekistonimiz osmoni doimo musaffo bo’lsin!

Hurmat bilan,
"Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli" UK boshlig'i S.A.Norqabilov

|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|Site|