Get Mystery Box with random crypto!

Onlayn vs Offlayn ish. Qaysi biri afzal Onlayn ish O'zingiz | Rizqim.uz

Onlayn vs Offlayn ish. Qaysi biri afzal

Onlayn ish
O'zingiz xohlagandek muhitda, uyda bemolol ishlashingiz mumkin. Ortiqcha yo'l kira xarajatlari, ortiqcha vaqt ketmaydi. Aniq KPI asosida ishlasangiz ishni bitirib, bo'sh vaqtingizga qolgan vazifalarni bajarib borishingiz mumkin. Onlayn ishlaganingizda oilangiz bag'rida ko'proq bo'lasiz, ayniqsa viloyatdan bo'lsangiz onlayn ish ayni muddao.

Offlayn ish
Ahil jamoaviy muhit. Rivojlanish imkoniyati nisbatan ko'proq bo'ladi. Diqqatingizni jamlash osonroq bo'lishi mumkin. O'zingizdan tajribali hamkasblaringizdan ko'plab bilimlar o'rganib borasiz, ya'ni junior bo'lsangiz senior mutaxassis o'z tajribalarini bo'lishib borsa siz yuqori darajada o'sishingiz mumkin.

Sizga qanday ishlash qulay? Onlayn vs Offlayn?

@rizqimuz - Ishchi va ish beruvchini uchrashtiruvchi va yaxshilik ulashuvchi milliy platforma

#matnli_dars #dars_96