Get Mystery Box with random crypto!

Kopirayting orqali daromad qilishning 10 ta usuli (aniq raqaml | Rizo Muhammad sahifasi

Kopirayting orqali daromad qilishning 10 ta usuli (aniq raqamlarda)

1. Sarlavhalar orqali 20-100 ming soʻm ishlash. Odamlar ahmoqmi 5-6 ta soʻzga 100 ming beradi? Ahmoq emas, shu sababli ular 1 million ham berishlari mumkin. Shunchaki bu narsani 1-marta eshitayotgan odam qabul qila olmaydi. Shuning uchun minimal yoki oʻrtacha summalarni misol oʻrnida keltirib oʻtaman.

«8 yil farmatsevtikani oʻrganib, endi blogerman» va «Bu video butun hayotimni oʻzgartirdi» sarlavhalari uchun qancha toʻlagan boʻlar edingiz? Ishonamanki, bu sarlavhalar videoyingizni 126000 marta koʻrilishiga sababchi boʻlishi bilsangiz, hech boʻlmaganda 100 ming soʻm berar edingiz.

Mana oʻsha video. Tavsif qismini oʻqisangiz, muharrir sifatida kamina Doniyorbek Erkin oʻgʻli koʻrsatilgan.

2. Reklama postlari bilan 100-250 ming soʻm topish. Hozir Siz shu paytgacha oʻqigan matningizning bahosi taxminan 200 ming soʻm turadi. Buni bir misolini kun.uz Telegram kanali uchun yozilgan mana bu post orqali bilib olishingiz mumkin. Shu reklama matni uchun 100 ming soʻm toʻlashgan (doimiy hamkor boʻlishgani uchun kelishtirib berganman).

3. Qisqa ssenariy yozish orqali 200 mingdan 2 milliongacha daromad qilish. Kopirayting yoʻnalishida ssenarist boʻlib ishlovchi insonlar bir kunda boshqa oddiy kopirayterlarning bir oylik oyligini topishadi. Mana bu video rolik ssenariysi uchun menga 1 million soʻm tashlab berishgan.

4. Oʻzingiz bilgan maʼlumotlarni ulashish orqali 2-20 million ishlab topish. Maʼlum vaqt oʻtgandan keyin Siz professional kopirayter boʻlsangiz, bu bilimingizni kimgadir oʻrgatish orqali ham foyda qilishingiz mumkin.

@Xatoliklar kanali asoschisi Abduazim akaning 2 ogʻiz mana bu gaplari (kopirayterning kuchini koʻryapsizmi) meni kursimga 8 ta oʻquvchi yozilishiga sabab boʻldi. Oʻsha payti kursimning narxi 290 ming soʻm edi va kimdir 150 ming, yana kimdir 290 mingni toʻliq toʻlab kursga yozildi. Minimum 150 mingdan boʻlganda ham 8 ta odamniki qancha boʻladi va bu bir kun uchun yaxshi summa emasmi?)

Sezyapsizmi, 20 mingdan boshlanib 20 milliongacha chiqdi. Endi davomi qanaqa boʻlishini tasavvur qilyapsizmi?

5. Kontent reja tuzib berish evaziga 200-500 ming haq olish.
Iye, negadir 20 milliondan 500 mingga tushib ketdimi? Hozir tushunib olasiz, bu men uchun juda xursand qiladigan gap boʻlgani uchun puldan koʻra ustunroq qoʻydim. Qolaversa, hali qolgan 5 ta yoʻl haqida indamadim-ku)

Kontent reja tuzish juda qiyin ish emas. Ammo buning uchun yaxshigina toʻlashadi. Masalan, 23-dekabrda mening mini kursimga yozilgan Dildoraxon kecha 30-dekabr kuni oradan bir hafta oʻtib oʻzi tuzgan kontent rejasi uchun $ 35 ishlab olibdilar (isbotini shu postdan keyin qoldiraman).

Matn uzun boʻlib ketibdi. Men hammasini yozmoqchi edim. Lekin sening uzun matnlaring «hech kimga qiziq emas» deyishgani uchun davomini yozmadim. Agar kimgadir qiziq boʻlsa, bu haqda reaksiya, izoh va ulashishlar soni bilan menga bildiring.

Qolgan 5 tasini kanalda 1000 ta obunachi boʻlgandan keyin yozaman (agar kimgadir qiziq boʻlsa va bu haqda menga eslatsa). Kursimga yozilgan shogirdlarim esa darslarni yaxshilab koʻrib chiqsa, hammasi haqida videolarda aytib oʻtganman va oʻzimdan ham alohida soʻrashlari mumkin.

P. S. Keyingi postda kompaniyaning shiori (slogan) qanday yozilishi haqida oʻrgataman. Bu ishda har bir soʻzingizga $ 10 toʻlashlari mumkin. Toʻgʻri oʻqidingiz va toʻgʻri tushundingiz. Kuting, hammasi isboti bilan boʻladi.

Sizga cheksiz mehr va hurmat bilan barmoqlari klaviaturada toblangan, bilagi baquvvat jaydari kopirayter.