Get Mystery Box with random crypto!

Florentino Peres: Karim, jamoamizga 14 yil avval kelding va ba | 👑 REAL MADRID | RASMIY

Florentino Peres: Karim, jamoamizga 14 yil avval kelding va barcha davrlarning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylanding. Sen tarixga kirgan afsonaviy jamoamizning asosiy o'yinchilaridan biri bo'la olding. Jamoa uchun amalga oshirgan ishlaringni, fidokorligingni unutmaymiz. Bizning afsonamiz bo'lib qolasan. Sendan har doim minnatdormiz. Madriddagi faoliyating bugun yakunlanmoqda. Biz shunchaki oddiy futbolchi bilan emas, afsona bilan xayrlashyapmiz. Sen bu klubning eng buyuk futbolchilaridan birisan va noming tarixga oltin harflar bilan yoziladi.‌‌

Benzema: Faoliyatimni shu yerda yakunlashni juda xohlardim, lekin ba'zida hayot yo'llari biroz boshqacha bo'ladi. Men doim "Real Madrid" o'yinlarini kuzatib boraman. "Real Madrid" har doim mening uyim va oilam bo'lib qoladi.‌‌ Barcha jamoadoshlarim, murabbiylarim hamda Florentinoga rahmat!

@REALMADRIDFT - "Qirollik" klubi futbolda tengsiz!