Get Mystery Box with random crypto!

. KITOB OʻQIYOTGAN KISHI qisqa hi | Rishton tumani axborot-kutubxona markazi

.
KITOB OʻQIYOTGAN KISHI

qisqa hikoya

Yoʻlda ketayotib, bir kishi oʻrindiqda kitob oʻqib oʻtirganini koʻrdim. U kitobdan bosh koʻtarmay, diqqat bilan oʻqiyotgan edi. Baxtiyor, bu qanday kitob ekan, deya qiziqishim ortdi. Oʻrindiq yoniga yaqin borgach, toʻxtab soʻradim:
- Assalomu alaykum! Kechirasiz bu qanday kitob?
U kishi kitobdan bosh koʻtarmadi. Kitobni diqqat bilan oʻqiyotganidan meni savolimni eshitmadi, chamasi...
Kunlar oʻtdi. Men yoʻlda ketayotib oʻsha, oʻrindiqda kitob oʻqib turgan insonni har kuni uchratardim. Bir kuni yana soʻradim.
- Kechirasiz, qanday kitob oʻqiyapsiz?...
U bir muddatdan soʻng boshini koʻtarib, kitobdan koʻz uzmagan holda, shunday javob berdi:
- Chin insoniylik kitobini.


@Rishtonakm