Get Mystery Box with random crypto!

Rishton tumanida “Matiz” rusumli avtomobili olib qochildi Ris | 🌐 RISHTON TV

Rishton tumanida “Matiz” rusumli avtomobili olib qochildi

Rishton tumani.26-aprel kuni 32 yoshli M.X IIBga murojaat qilib, unda shu kuni soat 18:30 larda M.Topvoldiyev koʻchasida eshiklari qulflanmagan, kaliti oʻzida ochiq holda qarovsiz qoldirilgan “Matiz” rusumli avtomashinasini noma’lum shaxs olib qochib, voqea joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Mazkur jinoyatni fosh etish yuzasidan, viloyat IIB JQB, 2-mintaqaviy xudud JQB, Rishton tuman IIB JQB, HPG hamda viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan hamkorlikda olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni 42 yoshli Sh.A sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan

Transport vositasi Bagʻdod tumani Ultarma MFY hududida joylashgan choyxona oldida tegishli davlat raqami soxta davlat raqamiga almashtirilgan holda topilgan.

@RISHTON_TV