Get Mystery Box with random crypto!

Ekstremistik oqim g‘oyalarini targ‘ib qilib kelayotgan sirdary | Rishton News

Ekstremistik oqim g‘oyalarini targ‘ib qilib kelayotgan sirdaryolik shaxsga qidiruv e’lon qilindi

1996 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek bo‘lgan, Muqaddam Sirdaryo viloyati Guliston shahri N.Mahmudov ko‘chasida yashagan fuqaro o‘zining instagramdagi sahifasida ekstremistik mazmundagi materiallarni joylashtirish orqali tarqatib kelgan hamda Suriyaning "Idlib" shahriga jihod qilish maqsadida ketib, u yerda 40 kunlik (moaskar) boshlang‘ich jangovar tayyorgarlikdan o‘tgan.

IIB bu haqda xabar bermoqda.

Mazkur holatda yuzasidan fuqaroga nisbatan Angren shahar IIB TB tomonidan JKning 155(2)-moddasi, 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruv e’lon qilingani aytilmoqda.

Bizga qo'shiling
➥ https://t.me/Rishton_News