Get Mystery Box with random crypto!

Qashqadaryoda maktab direktori va o‘qituvchi mushtlashdi Ijt | Rishton News

Qashqadaryoda maktab direktori va o‘qituvchi mushtlashdi

Ijtimoiy tarmoqda Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida direktor va o‘qituvchi mushtlashgani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan tuman hokimligi va viloyat Ichki ishlar boshqarmasi izoh berdi.

Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 15 iyul kuni soat taxminan 11:00 lar atrofida Nishon tuman 2-sonli kasb-hunar maktabida sodir bo‘lgan.

Maktab direktori G.U. va o‘qituvchi X.O. o‘zaro tortishib qolishi oqibatida kelishmovchilik yuzaga kelgan.

Nishon tumani hokimi o‘rinbosari S. Xudoyqulov boshchiligida ishchi guruh tuzilib, voqeaning asl sababi keng jamoatchilik bilan birga o‘rganilgan.

“Direktor va o‘qituvchi ayni vaqtda o‘zaro kelishib olgan holda, bir-biriga nisbatan hech qanday gina-kudratni saqlab qolmagan va kelajakda do‘stona ruhda birgalikda ishlashga qo‘l tashlashgan”, deyiladi tuman hokimligi xabarida.

Bizga qo'shiling
➥ https://t.me/Rishton_News