Get Mystery Box with random crypto!

'Pide' turk pizzasi Pide Turk an'anaviy pizzasi bo'lib , qay | RETSEPT OSHXONA

"Pide" turk pizzasi

Pide Turk an'anaviy pizzasi bo'lib , qayiqcha shaklida bo'ladi. Nachinkasi xilma-xil, ustiga ham hoxishga ko'ra pishloq , tuxum surtish mumkun. Ushbu taom uyda tayyorlash uchun oson va barakali ekanligi bilan mashxurlikka erishti. Quyida pidening asl retsepti bilan tanishtiramiz:
Turkcha Pide pizzasi:

Kerakli masalliqlar:

Xamiri uchun:

Sut 100ml
1ch.q droja
1ta tuxum
Saryog' 30gr
Yarim ch.q tuz

Nachinkasi uchun:
400gr farsh
2ta tuxum
1ta bulgor qalampiri
2ta pamidor
1bog' petrushka
1bog' piyoz
2osh.q o'simlik yog'i
Qattiq pishloq 100gr
tuxum oqi 2 dona
Tabga ko'ra tuz va murch

Tayyorlash:

Xamirga ajratilgan barcha masalliqlarni bir idishga solib yaxshilab aralashtirib oxirida un solib yumshoq xamir qilinadi. Va 1soat tindiriladi.

Ko"katlarni maydalab,balgarskiyni 4burchak tograb, piyoz bilan balgarskiyni birga yogda qovurib olamiz. Endi ustiga qiymani solib qovurishda davom etamiz. Pamidorlani ham maydalab tograb farsh ustidan solamiz. Tuz va murchni ham. Yaxshi aralashgach ko'katni solamiz va bir aralashtirib olovdan olib sovutishga qo'yamiz.

Ungacha xamirni 4bo'lakka bo'lib har birini uzunchoq va yupqa qilib yoyib,chetlarini qayiqchadek shakl qilib yopishtiramiz. Tayyor pide xamirini listga qo'yib ichi shyotkacha yordamida yoglanadi so'ng qiyma bilan to'ldiriladi.
Tuxum oqiga pishloqni qirg'ichdan o'tkazib solib aralashtiriladi va pide ustidan quyib chiqiladi. Atrofiga tuxum sarig'i surtib kunjut sepiladi.
Endi yoglangan listga terilib 200gradusda duxovkada pishirib olinadi.
Usti qizargach olinadi.

Yoqimli ishtaha


Mazzali Retseptlar obuna bo'ling
https://t.me/+6OAUOypGtVsxODIy
https://t.me/+6OAUOypGtVsxODIy