Get Mystery Box with random crypto!

'Tulumba' turk deserti Zarur masalliqlar: Sirop uchun: 3.5 | RETSEPT OSHXONA

"Tulumba" turk deserti

Zarur masalliqlar:

Sirop uchun:
3.5 st shakar
3 st sut
1 oshqoshiq limon sharbati
Xamir uchun:
2.5 st un
2 piyola suv
1 oshqoshiq shakar
2 oshqoshiq saryog
2 oshqoshiq manniy krupa
1 oshqoshiq kraxmal
3 dona tuxum


Tayyorlash:
Sirop qaynatib oling: suv bilan shakarni qaynatib, limon sharbati qo'shing. 5-10 daqiqa qaynating. Tayyor bo'lganini qoshiq solganda tomchilashi qiyin bo'lsa bilasiz. Gazdan olib sovuting.
Xamir tayyorlash: kastryulga 2 piyola suv quyib qaynating, 2 oshqoshiq saryog' solib eriting. Qaynab turgan yog'li suvimizga 2.5 piyola unni oz ozdan elang. 1 oshqoshiq shakar va biroz tuz qo'shib gazni paslating va yog'och qoshiqda kavlab turib 5 daqiqa qaynating.
Xamir yopishmaydigan bo'lib, kastruldan ajralsa gazdan olib sovuting.
Sovugan xamirga 3 ta tuxumni bittadan chaqib aralashtirib boring . Kraxmal va krupani qo'shib bir xil massa bo'lgunicha aralashtiring.


Xamirni konditer qopchasi (meshok)ga soling. Chuqur tovaga yog' quyib qizdiring. Tulumbalarni 2-3 sm uzunlikda chiqarib xamma tomoni qizarguncha pishiring.
Tayyor Tulumbalarni 10-15 daqiqa siropga solib qo'ying
Yoqimli ishtaxa


Mazzali Retseptlar obuna bo'ling
https://t.me/+6OAUOypGtVsxODIy
https://t.me/+6OAUOypGtVsxODIy