Get Mystery Box with random crypto!

RESPUBLIKA YOSH OLIMLAR KENGASHI RASMIY KANALI

Telegram kanalining logotibi respublikayosholimlar_uz — RESPUBLIKA YOSH OLIMLAR KENGASHI RASMIY KANALI R
Telegram kanalining logotibi respublikayosholimlar_uz — RESPUBLIKA YOSH OLIMLAR KENGASHI RASMIY KANALI
Kanal manzili: @respublikayosholimlar_uz
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6.29K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi muassisligidagi Respublika yosh olimlar Kengashining telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!
Murojaat uchun: @Asilbek_Madolimov
• www.ryok.uz
• fb.me/yosholimlar.uzb
• instagram.com/yosholimlar_uz

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-26 13:21:26 ​​Nega o’qishim kerak?

“Savdogarlar ustozi”
kitobini o’qib, inson qanday bo’lishi kerakligi haqida ko’p narsalarni o’rgandim.

1. Ilm olishdan to’xtamaslik. Kimki ilm olishda bardavom bo’lsa, suvdagi jonzotlar ham uning gunohi kechirilishini so’rab duo qilar ekan. Ilmni qayerdan bo’lsa ham izlash, o’rganish va o’rgatish kerak.

2. Mablag’siz yangi biznes boshlash. Kuchli tomoningizdan foydalanib, til bilsangiz tarjimonlik qilib, usta bo’lsangiz nimadir yasab sotib, ilmingiz bo’lsa o’qituvchilik qilib… xullas Alloh bergan imkoniyatlardan foydalanib istagancha pul topish mumkin.

3. Chiroyli muomala. Kim bilan suhbatda bo’lmang tabassum va chiroyli muomala qilsangiz, atrofingizda faqat yaxshilar to'planadi.

4. Saxiy bo’lishlik. Uyingizda yeyish uchun bir burda non qolganda, kimdir uni so’rab kelsa bera oladigan darajada bo’lgan insonni Alloh hech qachon tashlab qo’ymaydi. Hech qachon berishdan qo’rqmang. Siz nochorlarga bersangiz, Alloh sizga beradi.

5. Yaxshilikdan ortiqcha xursand bo’lishlik, yomonlikdan ortiqcha g’am chekish kerak emas. Har qanday holatda shukur qiling. Ilmingizga tayaning.

6. Ilmga investitsiya qilishdan to’xtamang. Boy bo’lsangiz, ilm toliblariga yordam bering. Kitob nashr qilish uchun pul ajrating. Ilmni ham o’rganing, ham o’rgating, ham qo’llab-quvvatlang.

Xulosa o’rnida aytish mumkinki, hayotdan nolib yurganlar, yangi biznes boshlamoqchi bo’lganlar, yaxshi hamkor izlayotganlar, ishga olish usulida qiynalayotganlar… har kim o’qishi kerak bo’lgan ajoyib kitob!

Respublika yosh olimlar Kengashi rasmiy sahifalariga a'zo bo'ling va do'stlaringizni taklif qiling:

• t.me/Respublikayosholimlar_uz
• instagram.com/yosholimlar_uz
• fb.me/yosholimlar.uz
1.5K views10:21
Ochish/sharhlash
2022-08-26 09:30:42 #xalqaro_dasturlar

18-29 yoshlilar uchun korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida 1 haftalik bepul onlayn maktab!

Maktab mashgʻulotlari 2022-yil 19-25-sentabr kunlari olib boriladi (ingliz tilida).

Dasturning manfaatli jihatlari:
– Qatnashish bepul
– Yakunda sertifikat beriladi
– Jahonning yetakchi ekspertlaridan bilim olish va tajriba almashish imkoniyati

Arizalar 2022-yil 5-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil ma'lumot...

Respublika yosh olimlar Kengashini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram
1.5K views06:30
Ochish/sharhlash
2022-08-25 14:13:16 ”Zakovat”ga savol yo‘llang va 100 mln so‘m qo‘lga kiriting!

2022-yilgi mavsumda savol yo‘llagan hamda bilimdonlar ustidan g‘alaba qozongan teletomoshabinlar quyidagicha rag‘batlantirilmoqda:

Barcha o‘yinlarda (yil finalidan tashqari):

1-ochko uchun — 1 mln so‘m;
2-ochko uchun — 2 mln so‘m;
3-ochko uchun — 3 mln so‘m;
4-ochko uchun — 4 mln so‘m;
5-ochko uchun — 5 mln so‘m;
6-ochko uchun — 6 mln so‘m.

Oddiy o‘yinlardagi eng yaxshi savol muallifi uchun — 5 mln so‘m.

Mavsum finallaridagi eng yaxshi savol muallifi uchun — 25 mln so‘m.

Agar savolingiz yil finalida eng yaxshi savol deb topilsa, unda 100 mln so‘m pul mukofoti beriladi.

Savol yo’llaganda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:

1. Savol matni;
2. Javob matni (ko‘pchilik negadir javobini ko‘rsatmaydi);
3. Savol manbasi (qaysi kitob yoki qaysi manbadan olingani aniq ko‘rsatilishi shart);
4. Agar bo‘lsa, savolga zarur bo‘lgan qo‘shimcha atributlar (foto, video yoki boshqa predmetlar);
5. Savol muallifining ism-familiyasi va qisqacha ma’lumot;
6. Muallifning yashash manzili;
7. Muallifning telefon raqami;
8. Muallifning fotosurati.

Savollaringizni quyidagi 2 xil usulda yuborishingiz mumkin:

Toshkent shahri, Mirobod tumani, Sayid Baraka ko‘chasi, 21-uy manziliga xat yuborish orqali;

savol@zakovat.tv elektron manziliga internet orqali.

“Zakovat” intellektual ko‘rsatuviga savol yo‘llab, katta pul mukofotlari yutib olishingiz mumkin.

Respublika yosh olimlar Kengashi rasmiy sahifalariga a'zo bo'ling va do'stlaringizni taklif qiling:

t.me/Respublikayosholimlar_uz
instagram.com/yosholimlar_uz
fb.me/yosholimlar.uz
1.9K views11:13
Ochish/sharhlash
2022-08-25 08:35:51 #imkoniyat

Bepul vebinar va IELTS o'quv materiallari uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!

Ro‘yxatdan o‘tgach, siz quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lasiz:

IELTS bo‘yicha malakali mutaxassislar tomonidan har hafta o‘tkaziladigan bepul IELTS vebinarlari ushbu testning barcha to‘rtta ko‘nikmasi bo‘yicha keng ko‘lamli mavzularni qamrab oladi;

imtihonga tayyorligingizni sinash uchun testga tayyorlanishning har bir bosqichi — Listening, Reading, Writing va Speaking bo‘yicha batafsil o‘quv rejalari va amaliyot testlarini o‘z ichiga olgan yangi IELTS Study Pack.


Bugun „IELTS Speaking Test“ mavzusida vebinar bo‘lib o‘tadi, u og‘zaki imtihon shakli haqidagi umumiy ma’lumot bilan boshlanadi. Keyin siz testning har uch qismi uchun ba’zi zaruriy ko‘nikmalar va strategiyalarni o‘rganish imkoniyatiga ham ega bo‘lasiz.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havolani bosing. Shoshiling, joylar soni cheklangan!

Respublika yosh olimlar Kengashini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram
1.6K viewsedited  05:35
Ochish/sharhlash
2022-08-24 17:24:10 #xalqaro_dasturlar

OIST Research Internship: Yaponiyada xarajatlari toʻliq qoplanuvchi amaliyot dasturi!

Dasturda bakalavriat yoki magistratura bosqichi talabalari yoki ushbu bosqichlarni tamomlagan bitiruvchilar qatnasha oladi.

Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– 1 ish kuni uchun 2400 yen (taxminan 18 AQSH dollari) haq.
– Shatl avtobus chiptasi.
– Yaponiyaga borish-kelish uchun chipta.
– Jihozlangan bepul turar joy.
– Viza, sugʻurta olish va mahalliy ro'yxatdan o'tish masalalarida yordam.

Amaliyot 2-6 oy davom etadi.

Arizalar 2022-yil 15-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil ma'lumot havolasi

Bizning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarga a'zo bo'ling:

Telegram | Instagram | Facebook
1.7K views14:24
Ochish/sharhlash