Get Mystery Box with random crypto!

#xalqaro_dasturlar BMTning Boshqaruv bo‘yicha loyihalar b | RESPUBLIKA YOSH OLIMLAR KENGASHI RASMIY KANALI

#xalqaro_dasturlar

BMTning Boshqaruv bo‘yicha loyihalar byurosi (UNPOG) Koreya Respublikasi Ichki ishlar va xavfsizlik vazirligi (MOIS) va Incheon shahri mereiyasi bilan hamkorlikda “Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda va barqarorlikni oshirishda yoshlarning faolligini rag‘batlantirish uchun davlat boshqaruvidan foydalanish” mavzusidagi Barqaror rivojlanish maqsadlarini (BRM) amalga oshirish bo‘yicha 6-chi Yoshlar forumini tashkil etmoqda.

Yoshlar forumi yoshlarning o‘z fikr-mulohazalarini bildirishlari va BRMlarni amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha fikr almashishlari uchun maydon bo‘lib, davlat boshqaruvi roliga alohida e’tibor qaratiladi.

Kimlar uchun: 1996-2006 yillarda tug‘ilgan yoshlar, millati, ta’lim darajasi va yashash mamlakatidan qat’i nazar.

Qayerda va qachon: Incheon shahri 2022 y. 3 noyabr (onlayn/oflayn format)

Ariza topshirish oxirgi muddati: 2022 yil 14 oktyabr

Batafsil ma'lumot...

Respublika yosh olimlar Kengashini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram