Get Mystery Box with random crypto!

#xalqaro_dasturlar Youth Break the Boundaries Foundation t | RESPUBLIKA YOSH OLIMLAR KENGASHI RASMIY KANALI

#xalqaro_dasturlar

Youth Break the Boundaries Foundation tomonidan tashkil etilayotgan Xalqaro Istanbul Yoshlar Sammiti 2023 da ishtirok etish uchun butun dunyodan yosh liderlardan arizalar qabul qilinmoqda.

Sammit mavzusi “Yangi yetakchilar uchun ijtimoiy rivojlanish maqsadlari” to‘rtta sub-mavzudan iborat: “Yaxshi salomatlik va farovonlik”, “Sifatli ta’lim”, “Munosib mehnat va iqtisodiy o‘sish”, “Sanoat innovasiyalari va infratuzilma”, “Barqaror shaharlar va jamoalar".

Maqsad
– yangi salohiyatli rahbarlarga mamlakat taraqqiyoti uchun real o‘zgarishlarni amalga oshirish imkonini berishga qaratilgan ijtimoiy rivojlanish strategiyalari bilan tanishish, tajriba almashish.

Talablar:
17 yoshdan 35 yoshgacha;
Ingliz tilini yaxshi bilish;
Hech qachon jinoyat ishi bilan bog‘lanmagan;
Ariza topshirish uchun ma’muriy to‘lov oshirish lozim.

Qachon: 6 – 9 fevral 2023 yil

Cheklangan miqdordagi ishtirokchilar uchun mehmonxonada joylashish, ovqatlanish va transferlar qoplanadi.

Ariza topshirish oxirgi muddati: 2022 yil 31 avgust

Batafsil ma'lumot....

Respublika yosh olimlar Kengashini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram