Get Mystery Box with random crypto!

Sinf rahbarlik uchun avgustda ham qoʻshimcha haq toʻlash kerak | Respublika muallimlari - rasmiy kanali

Sinf rahbarlik uchun avgustda ham qoʻshimcha haq toʻlash kerak.

Vazirlar Mahkamasining 21.12.2005-yildagi 275-son qarori 4-bandiga koʻra umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilariga qoʻshimcha haq toʻlovlari mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan foiz hisobida quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi:

Cинфдаги oʻquvchilar soniga koʻra sinf rahbarligi uchun:

— 15 nafar oʻquvchigacha — 26,4 foiz;
— 16 dan 20 nafar oʻquvchigacha — 31,6 foiz;
— 21 dan 25 nafar oʻquvchigacha — 36,9 foiz;
— 26 dan 30 nafar oʻquvchigacha — 42,1 foiz;
— 31 nafar va undan koʻp oʻquvchi boʻlganda — 52,8 foiz;

Ushbu bandda oʻqituvchilar yozgi yillik mehnat taʼtilidan qaytgandan keyin ularga yangi oʻquv yili boshlangunga qadar daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik hamda informatika kabineti mudirligi uchun qoʻshimcha haq toʻlovlari amalga oshirilmasligi qayd etilgan.

Kanalga obuna

Kanal manzili https://t.me/Respublikamuallimlari