Get Mystery Box with random crypto!

#Munosabat Hurmatli ota-onalar va o‘quvchilar! Qoraqalpog‘is | REPREZ_UZ

#Munosabat

Hurmatli ota-onalar va o‘quvchilar!

Qoraqalpog‘istondagi imtihonlar sanasi o‘zgarganidan va bu test sinovlari javoblari eʼlon qilinishi ortga surilishiga sabab bo‘lganidan xabaringiz bor.

Oxirgi imtihon kecha, 7-avgust sanasida bo‘lib o‘tgani va Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga 2022-2023 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari aynan 7-avgust kuni yakuniga yetgani haqida rasmiy sahifalarimizda xabar berganmiz.

Hurmatli ota-onalar va o‘quvchilar, Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan barcha ixtisoslashtirilgan maktablarning imtihon natijalari bir vaqtda eʼlon qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda imtihon javoblari kechikishiga “Boylarning bolalari saralab olinyapti” degan mazmundagi xabarlar haqiqatga mos kelmasligini va imtihon natijalari tez orada eʼlon qilinishini maʼlum qilamiz.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube