Get Mystery Box with random crypto!

2021 yilda kirish imtihonlari qanday bo‘ladi Joriy yilda | Repititor || Matematika

2021 yilda kirish imtihonlari qanday bo‘ladi

Joriy yilda 5 ta fandan test bo‘ladi

Majburiy fanlar bloki:

- Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan;

- Matematika - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan;

- O‘zbekiston tarixi - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 94.5 ball. Ona tili va O‘zbekiston tarixi fanidan xar bir savolga 1 daqiqagacha, matematikadan - 1,5 daqiqagacha vaqt ajratiladi.

Taʼlim yo‘nalishiga mos asosiy blokdagi fanlar (yo‘nalishiga qarab o‘zgaradi):

1-fan - 30 ta savol, har biri uchun 3.1 balldan;

2-fan - 30 ta savol, har biri uchun 3.1 balldan.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 186 ball. Asosiy blokdagi 2 ta fan uchun jami 2 soat vaqt beriladi.

Eng maksimal ball 280,5 ball bo‘ladi (imtiyozli balla qo‘shilmaganda);

5 ta fandan test bo‘lishga oid tartib, faqat davlat OTMlariga taalluqli. Shu paytgacha bo‘lgani kabi bu yangi tartib harbiy, diniy, xususiy, nodavlat va xorijiy OTMlarga aloqador emas.

3+2 ko‘rinishdagi ushbu tartib. bakalavriatning barcha taʼlim shakllari (kunduzgi, sirtqi, kechki) uchun birdek qo‘llanadi