Get Mystery Box with random crypto!

​Tahıl koridoru için tarihi imza Don yo'lagi boʻyicha tarix | Yosh siyosatchi

Tahıl koridoru için tarihi imza

Don yo'lagi boʻyicha tarixiy imzo


22-iyul turk diplomatiyasi uchun muhim kun boʻldi, BMT ishtirokida Rossiya, Ukraina va Turkiya oʻrtasida “don yoʻlagi” ochish boʻyicha kelishuvlarning imzolanishi boʻlib oʻtdi.

Turkiya Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroda o‘zining vositachiligi keng ma’noga ega ekanligini va bu vositachilikni muzokaralarni tashkil etishda ishtirok etishi, muzokaralar uchun platforma yaratishi va eng muhimi, oziq-ovqat muammosini hal qilishning bir qismi bo‘lishi orqali namoyon etib kelmoqda.

Imzolangan kelishuvlar tufayli Istanbul gʻalla yo'lagidagi xabga aylanadi va u orqali don uchinchi mamlakatlarga jo'natiladi.

Turkiya g'alla hakami sifatida tashqi siyosiy, ichki siyosiy va iqtisodiy foydalarni qayd etdi.

Turkiya hududida g'alla bo'yicha muzokaralarning tashkil etilishi mamlakatga tashqi siyosiy obro', saylovlar arafasida qo'shimcha ichki siyosiy bonuslar, shuningdek, "g'alla markazi"ni yaratishdan ko'p oylik potensial daromad keltirdi.

Oʻz navbatida, "don shartnomasi" yaqin to'rt oy davomida Odessaga Rossiya hujumi bo'lmasligini yaxshi ko'rsatishi mumkin, chunki kelishuvga ko‘ra, Ukraina g‘allasini eksport qilish uchun 120 kun vaqt ajratilgan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube