Get Mystery Box with random crypto!

​ Turkiyalik ekspert Omer O'zqizilchikning fikricha, Putin Te | Yosh siyosatchi

​ Turkiyalik ekspert Omer O'zqizilchikning fikricha, Putin Tehrondagi uchrashuvda Turkiyadan Suriyadagi operatsiya evaziga Ukrainaga nisbatan siyosatini o'zgartirishni talab qilgan bo‘lishi mumkin.

Rossiya Turkiya muammolarini hal qilish uchun Asad rejimi bilan mushtarak yechim topilishi mumkinligi haqidagi dalilni himoya qilishda davom etadi. Biroq, ekspert fikricha, Asad rejimi YPGni himoya qilishi yaqqol ma'lum bo'lgani uchun Turkiya bu taklifni qabul qila olmaydi.

Bunday vaziyatda tomonlar yo kelishuvga erishadilar (A), yoki tomonlardan biri chekinadi (B va C), yoki tomonlarning to'qnashuvi yuzaga keladi (D).

Rossiyaning bu munosabatiga qarshi Turkiya uchta variantga ega:

A) Ukraina urushi fonida Rossiyaning talablarini qondirish;

B) Putinning talablarini rad etish va Suriyadagi operatsiyadan voz kechish;

C va D) Rossiyaning talablarini rad etish va Suriyada operatsiyani amalga oshirish.

Uchinchi variantda yo Rossiya chekinadi, yoki Suriyada ikki davlat o‘rtasida jiddiy taranglik va keskinlik yuzaga keladi.

@sharqshunos_tahlilchilar