Get Mystery Box with random crypto!

​​#ANQARA_JANGI : 1402-yil 20-iyulda boshlandi. Qoʻshin | Yosh siyosatchi

​​#ANQARA_JANGI :
1402-yil 20-iyulda boshlandi.

Qoʻshinlar soni:
1) Amir Temur - 200.000;
2) Boyazid "Yildirim"- 160.000;
"yashin, chaqmoq"

#Qoʻshin_joylashuvi:
Sohibqiron Amir Temur qoʻshinida:
Markazda - Amir Temur (oʻzi);
Oʻng qanot [burongʻor]da - 3-oʻgʻli Mironshoh va Amir Shayx Nurakiy;
Soʻl/chap qanot [juvongʻor]da - Shohmurod va Shohmalik;
Qanotlar zaxirasi [qanbul]da - zaxiradagi otliq qoʻshinlar;
markazda Amir Temurning 30 ta jangovar fili boʻlgan;

Sulton Boyazid I "Yildirim" qoʻshinida:
Markazda - Boyazid (oʻzi);
Oʻng qanotda - Qaynukasi Stefan Lazerevich boshliq Serb va Anatoliya jangchilaridan tuzilgan qoʻshin;
Soʻl/chap qanotda - toʻngʻich oʻgʻli Sulaymon Chalabey;
Zaxirada - oʻgʻillari Muso, Iso, Mustafo.

Stefan Lazarevich qoʻshinlari Amir Temurning soʻl/chap qanot qoʻshinini chekinishga majbur qiladi. Zaxiradagi Mahmud Sulton boshliq qoʻshin yordamga keladi va serblarni chekinishga majbur qilgan. Bu otliq qoʻshinlarga Turk sultonining "yanichar"lari ham bas kela olmaydi. Bundan foydalangan Amir Temur zaxiradagi otliq qoʻshinini jangga kiritadi. Jang kun davom etadi. Boyazid I qurshovga tushib qoladi. U zoʻrgʻa qurshovdan chiqib qochadi, lekin uni Mirzo Muhammad Sulton asirga olib bobosi - Amir Temur huzuriga olib keladi.

Sardor Samarqandiy Vatan tarixi (1993) darsligi asosida tayyorladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram | Instagram | Facebook | You Tube