Get Mystery Box with random crypto!

O'quv markaziga borishdan oldin siz bilishingiz shart bo'lgan | O'zbek tili va adabiyoti ( Davron Akbar bilan )

O'quv markaziga borishdan oldin siz bilishingiz shart bo'lgan 3 eng asosiy jihat.

Bularni bilmaslik sizga yillab vaqt va millionlab pulingizni yo'qotishga sabab bo'lishi mumkin.




1. Narxlar qimmat. Siz aslida nima uchun pul to'lashingizni bilasizmi?

O'qish narxi juda qimmat bo'lgan o'quv markazlari sizga shu narxga arziydigan bilim beradi deb o'ylashga shoshilmang. Ularning aksariyati hissiyot sotishadi. Asosiy maqsadingiz nima? Sizga kuchli o'qituvchidan oladigan bilimning o'zi yetarlimi yoki yuqori dizaynda tashkillashtirilgan atmosfera ham ahamiyatli darajadami? Sizning noto'g'ri qaroringiz sizga foyda o'rniga zarar keltirishi mumkin. Biroq, kamchilik bo'lishsada ayrim mutaxassislar o'z kasbining yetakchilaridir va ular beradigan darslar qiymati arzon bo'lmasligi aniq.



2. Sifatsizlikning asosiy belgisi qanday seziladi?

Bu holatda biz 99% o'quvchilar xatolikka yo'l qo'yadi deb hisoblaymiz!

Bilingki, sifatli mahsulot hech qachon arzon bo'lmaydi. O'quv markazi faoliyati ham aynan shunaqa. O'qish narxi arzon bo'ldimi demak sifatda kamchilik bor. Sizning narxdan yutdim deb hisoblashingiz aslida ortig'i bilan xarajat qilganingizni ifodalaydi. Kamiga vaqtingiz, o'zingizga ishonchingiz va asablaringizni ham yo'qotgan bo'lasiz. Ba'zida yillab tayyorlangan o'quvchilar o'zida rivojlanish kamligidan nolishadi. Muammoni faqat o'zlarida bo'lsa kerak deb o'ylashadi. Ishonavering bu qarash noto'g'ri. Siz shunchaki noto'g'ri o'quv markazidan bilim olgansiz xolos. Siz o'qigan markazda yaxshi natijalar bordir, ammo bilingki, 100 nafar o'quvchidan 5-10tasi yuqori bo'lishi qoniqarli holat deb hisoblanmaydi. Atrofingizga qarang va o'zingiz vaziyatga baho bering

3. O'qituvchi tanlashdagi xatolik

Sizning erishadigan foydangiz faqat o'qituvchidan keladi, o'quv markazidan emas. Shu qismga diqqatliroq bo'ling. Siz faqatgina kuchli o'qituvchidan foyda olasiz. U orqaligina yaxshi muhitda ilm olishingiz mumkin. Shuningdek, juda oddiy holatdek tuyulishi mumkin, ammo ishonmaysiz, ko'plab ko'rinishidan aqlli, aynan shu sohada universitet ta'limini olgan, yoshi kattaligi yuqori omil sanalgan o'qituvchilar aslida sizga kutiladigan natija berolmasligi mumkin. Ilm olishda bu jihatga aldanmang. Yosh darajasi yoki mutaxassislik diplomlari emas, uning bilim salohiyati va o'rgatish uslubi eng ahamiyatli.

@RenessansStudy