Get Mystery Box with random crypto!

Ontogenez --- organizmlarning shaxsiy rivojlanish jarayoni | Renessans education



Ontogenez --- organizmlarning shaxsiy rivojlanish jarayoni

Lichinkali ontogenez --- yassi chuvalchanglar, baqalar, hashorotlar
Lichinkasiz ontogenez --- sudralib yuruvchilar, qushlar
Ona qornida rivojlanish --- yuksak sutemizuvchilar va odam.
Embrional davr -- zigota hosil bo'lib tug'ilgungacha bo'lgan davr
Postemrional davr -- embrionni tug'ilishidan o'limigacha bo'lgan davr
Maydalanish --- urug'langan tuxum hujayrani bo'linib, blastulani hosil qilishi
Blastula --- maydalanishdan hosil bo'lgan ko'p hujayrali embrion.
Blastosel -- blastulaning ichi suyuqlik bilan to'lgan birlamchi tana bo'shlig'i
Gastrulyatsiya -- embrion hujayralari o'smaydi va bo'linmaydi. Dastlabki ixtisoslashish belgilari paydo bo'ladi
Ixtisoslashish --- embrionni ayrim qismlari va hujayralarini vazifasi jihatidan farqlanishi.
Organogenez --- o'zak organlarining (nerv nayi, horda, ichak naychasi) hosil bo'lishi.
@Renessaneducation