Get Mystery Box with random crypto!

Hyundai rebrendingini uning nomidan boshlashdi Hyundai o‘z | Reklom san'ati | Реклом санъати

Hyundai rebrendingini uning nomidan boshlashdi

Hyundai o‘z pozitsiyalanishini o‘zgartirmoqda — hatto o‘z nomigacha, to‘g‘rirog‘i nomining talaffuzigacha.
Innocean UK marketing kompaniyasi va Hyundai elektromobillar ichida brendni birinchi qatorga chiqarish bo‘yicha missiya doirasida brendning inglizcha Hy-un-dai versiyasini kulgiga qo‘yishdi.

New Dawn kampaniyasi yumoristik reklama roligidan boshlanadi, u yerda odamlar ovozli qidiruvdan foydalanib, notanish joylarda bo‘lib qolishmoqda, masalan High 'n' Dye sartaroshxonasi, Iron Guy nomli metall haykal va High End Pie nomli taomli furgon. Rolik odamlardan brend nomini koreyschada qanday eshitilsa shunday talaffuz qilishlarini so‘raydi — Hyun-day, shuningdek brendning Ioniq EV lineykasiga ham e'tibor qaratishga chorlaydi.

@Reklom_sanati - san'at darajasidagi reklamalar