Get Mystery Box with random crypto!

Boshlang’ich ta’limning iqtidorli o’qituvchilarini taqdirlash | Registan LC

Boshlang’ich ta’limning iqtidorli o’qituvchilarini taqdirlash va rag’batlantirish maqsadida Toshkent shahar maktab va maktabgacha ta’lim boshqarmasi, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi, Toshkent shahar bo‘linmasi kengashi hamda “Registon” ta’lim loyihasi hamkorligida "Eng yaxshi boshlang'ich ta'lim o'qituvchisi" tanlovi bo'lib o'tdi.

Tanlov uch bosqichda bo’lib o’tdi:
1-bosqich – onlayn imtihon;
2-bosqich – esse yozish;
3-bosqich – suhbat.

Tanlovda 1500 dan ziyod boshlang'ich ta'lim ustozlari ishtirok etishdi.

Tanlov g'oliblariga pul mukofotlari, dam olishga chipta, blendr, kitoblar va “Registon” xususiy maktabining esdalik sovg’alari berildi.

Tanlov jarayonida olingan rasmlar.

@Registan_LC