Get Mystery Box with random crypto!

11-12 may kunlari Samarqand shahridagi 'SOF EXPO SAMARKAND' ko | Registan LC

11-12 may kunlari Samarqand shahridagi "SOF EXPO SAMARKAND" koʻrgazmalar majmuasida “WORLD EDU 2023” xalqaro koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.

Ko‘rgazma iqtidorli talabalarga chet-eldagi ta’lim, stipendiyalar va ta’lim grantlari bilan tanishish imkonini beradi.

Ko‘rgazmada O‘zbekiston, Rossiya Federatsiyasi, Belarus Respublikasi, Qozog‘iston, Yevropa, Janubi-Sharqiy Osiyo, Turkiya va boshqa davlatlarning yetakchi universitetlari ishtirok etadi.

Abituriyentlar o‘zlarini qiziqtirgan soha bo‘yicha rasmiy vakillar va malakali mutaxassislar bilan bevosita muloqot qilishlari va maslahat olishlari mumkin.

Bu ko’rgazma jarayonida “Registon” ta’lim loyihasi asoschisi Ustozimiz Avazbek Tulovov ham ta’lim haqida nutq so’zlaydilar. Qiziqqan o’quvchilarimizni ko’rgazmaga taklif qilib qolamiz.

Manzilni ushbu havola orqali bilib olishingiz mumkin: https://socprofile.com/sofexpo

Ko’rgazmaning rejasi

@Registan_LC