Get Mystery Box with random crypto!

'Registon' ta'lim loyihasining YouTube kanali — o'tib borayotg | Registan LC | Karshi

"Registon" ta'lim loyihasining YouTube kanali — o'tib borayotgan 2022-yilda Sizlarning yordamingiz bilan — ancha ko'tarildi, ko'z tegmasin.

Kanalimizga oxirgi 365 kun mobaynida 70 000 dan oshiq odamlar qo'shildi. Barcha videolarimizning umumiy ko'ruvlar soni 6 milliondan oshdi.

Xudogashukur bu ta'lim yo'nalishidagi ijtimoiy kanalga juda yaxshi natija. Bu natijaga erishishimizda, foydali videolar olishimizda "Registon"imizning mehnatkash va videodan qo'rqmaydigan Ustoz va Menejerlarining o'rni juda katta!

Shu bilan bir qatorda yoshlarga o'rinli maslahatligini berishni ayamagan, tashqaridan kelgan mehmonlarimizning ham o'rni beqiyos.

Kelayotgan 2023-yilda biz kanalimizda yanada sifatli videolar chiqarib Siz Azizlarga taqdim etamiz degan yaxshi umiddamiz!

Sifatli ta'lim yilida "Registon"ingizdan sifatli videolar kutib qoling ko'zi yongan yoshlar va qolganlar!

YouTube kanalimizga obuna bo'lish:
https://www.youtube.com/c/registanlc?sub_confirmation=1