2022-07-06 09:10:25
10-iyul — chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga qabulning so‘nggi kuni
2022-2023-o‘quv yili qabulidan boshlab xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan
O‘zbekiston davlat
jahon tillari universiteti;
Samarqand davlat
chet tillar instituti;
Toshkent davlat
sharqshunoslik universitetining
fanlar majmuasiga
chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hamda
Toshkent davlat pedagogika universiteti;
Qo‘qon davlat pedagogika instituti;
Nukus davlat pedagogika institutining
xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirishda chet tilidan
kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi.
Bunda mazkur ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni
onlayn ro‘yxatga olish
10-iyulga qadar (10-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.
Shu sababli mazkur ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar
10-iyulga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirishlari
(oldingi yillar bitiruvchilari) lozimligini eslatib o‘tamiz.
Qo‘shimcha ma’lumot: chet tilidan
B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirmaydi va ularga chet tili fanidan imtihonlarsiz
maksimal ball beriladi.
Bizning kanal: @Registan_LC
415 views06:10