Get Mystery Box with random crypto!

#faoliyatim_haqida Juda ko‘pchilik blogim to‘xtab qolganidan | RedFox Agency

#faoliyatim_haqida

Juda ko‘pchilik blogim to‘xtab qolganidan shikoyat qilib yozyapti, motivatsion shikoyatlar qarig‘a g‘arq bo‘lmasdan ijod ummoniga yana bir ikki kalla tashab chiqishga qaror qoldim.

Qani bo‘lmasam kelgan joyidan davom ettirib qo‘yamiz

* * *

Faoliyatim yangiliklaridan.
2022 yil: RedFox dizayn studiyasida keskin burilish va yangi bosqich.

28 fevral: RedFox PDP ECO SYSTEM a‘zosiga aylandi.

O‘z ekotizimiga ega Respublikada yirik IT kompaniya, IT ta‘lim yo‘nalishida mutloq yetakchi bo‘lgan, kelajakda bizga o‘xshab ko‘plab IT kompaniyalarni o‘z bag‘riga sig‘dira oladigan PDP Valley gegant loyihasi tomon qadam bosib ketayotgan kompaniya tarkibiga qo‘shilish biz uchun sharaf va baxt.

Shu katta maqsad sari ketayotgan yirik kompaniyaga yelkadosh bo‘lib Valley loyihasini qurishga hissa qo‘shish betakror (qaytib takror kelmaydigan) yutuq.

Shu qadamlarni ikkinchi bosqichi kuni kecha ochilgan PDP University bo‘ldi.

* * *
PDP ekotizim oilasi branding va adaptiv logolarni ishlab chiqish shaxsan o‘zimga nasib qilgani ham alohida quvonch.

Bu yo‘lda yonimdan bir qadam ham jilmay jipslikda tinimsiz harakat qilayotgan jamoamdan minnatdorman va judayam qattiq qadrlayman.

(Instagram postimdan olindi)
https://rahimjongaziyev.com/CDECQ6qCU8E