Get Mystery Box with random crypto!

“Qulupnayli murabbo” 2 kg mayda qulupnay 2 kg shakar Tayy | RECEPTI_DIPU💚

“Qulupnayli murabbo”
2 kg mayda qulupnay
2 kg shakar
Tayyorlanishi: Qulupnayni muzdek suvda ustidan ichimlik sodasini sepib 15 daqiqa kutamiz va yaxshilab yuvib tozalab olamiz. Kottaroq idishga qulupnaylarni solib ustidan shakar sepamiz xoxishga ko’ra nomiga aralashtirib olsa bo’ladi. So’ngra shakari yaxshilab eriguncha xolodilnikka qo’yamiz. Shakarli erigach olovni yoqib qaynatishni boshlaymi. Murabbo qaynaguncha kopiklarini olamiz va 5 daqiqa qaynatami. Undan so’ng 5 - 6 soat sovutamiz. Yana olovga qo’yib yana qaynaguncha kutamiz ga 5 daqiqa qaynatib yana olovni o’chirib 6 soatga sovushga qo’yamiz uchinchi marotaba qaynab chiqqan 10 daqiqa qaynatib strelizaciya qilingan bankalarga solib qopqoqni yopib bankalarni tonkarib ag’darib ustini o’rab yopib qoyamiz butunlay sovishini kutamiz. Qishda esa qulupnaylari dona dona ezilib ketmagan mazzali murabbomizni mazza qilib tanavul qilamiz. ( aynan ezilmasligi uchun kam qaynatib uzoq sovutamiz siri mana shunda)