Get Mystery Box with random crypto!

Qadr kechasida qilinadigan duolar Bugun o‘tar kechasi Qadr k | RECEPTI_DIPU💚

Qadr kechasida qilinadigan duolar

Bugun o‘tar kechasi Qadr kechasi bo‘lishi mumkin bo‘lgan ikkinchi kechadir.

Rosululloh sollallohu alayhi va sallam:
"Laylatul Qodrni Ramazonning oxirgi o‘n kunidagi toq kechalardan qidiringlar", deb aytganlar (Imom Buxoriy va Muslim rivoyati).

Bu kechani uxlamasdan ibodatlar: tahajjud, Qur’on o‘qishlik, duo va zikrlar bilan o‘tkazishlik sunnat.

Ahli ayolingizni ham uxlashga qo‘ymang! Oisha onamiz Rosululloh sollallohu alayhi va sallam Ramazonning oxirgi o‘n kunida kechalari oilalarini uyg‘otib, ibodat qilishga buyurishlarini aytadilar. (Imom Muslim rivoyati)

Oisha onamizga Rosululloh agar Qadr kechasini topsalar:
اللهم انك عفو تحب العفو فاعف عني
Allohumma innaka ’afuvvun tuhibbul ’afva fa’fu ’anniy
"Allohim, Sen kechirguchi Zotsan, kechirishni yaxshi ko‘rasan. Meni kechirgin!", deb duo qilishni o‘rgatganlar (Imom Termiziy va Nasoiy rivoyati, sanadi hasan).

Gʻanimat biling!