Get Mystery Box with random crypto!

Reallik sari...📚

Telegram kanalining logotibi reallik_sari — Reallik sari...📚 R
Telegram kanalining logotibi reallik_sari — Reallik sari...📚
Kanal manzili: @reallik_sari
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.76K
Kanalning ta’rifi

O'ziga darmon kerak, tag'in boshqalarga shifo bo'lmoq istaydi bu qalb....
@REALLiK_SARi
-Taklif , murojaat va e'tirozlar uchun.✏✏✏
-Reklamalar joylash bòyicha murojaat uchun:
@Reallik_1
@Gafur_rakhimov
@Muhabbat_oyatlaribot

Ratings & Reviews

4.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-08-28 08:39:22
Luqmoni Hakim dedi:

— Er bilan xotin, koʻz bilan kaft kabi boʻlmogʻi kerak.
— Nega aynan koʻz bilan kaft kabi? — soʻradi shogirdlari.
Hakim aytdi:
— Axir kaftga salgina zarar yetsa, koʻzlarimizdan tirqirab yosh chiqadi. Koʻzlarimizdan yosh chiqqanda esa, kaftlarimiz silab uni yupatadi
697 views05:39
Ochish/sharhlash
2022-08-28 04:50:49
Exxx shunaqa gaplar!
@Reallik_sari
703 viewsedited  01:50
Ochish/sharhlash
2022-08-27 20:19:05 #Zarba 6 Ertalabgi nonushtadan keyin Ibrohim kunlik ishga chiqib ketdi. Ismoil akasini cho'ntagidan rangli qalamlarni topib olib ichkari xonaga ustidan qulflanib oldida qornini yerga berib,oyoqlarini oraga tizzasidan bukib olib rasm chizish haqida o'ylab…
710 viewsedited  17:19
Ochish/sharhlash
2022-08-27 20:17:21 #Zarba 6

Ertalabgi nonushtadan keyin Ibrohim kunlik ishga chiqib ketdi.
Ismoil akasini cho'ntagidan rangli qalamlarni topib olib ichkari xonaga ustidan qulflanib oldida qornini yerga berib,oyoqlarini oraga tizzasidan bukib olib rasm chizish haqida o'ylab varoqni to'rtta tomonidan ramka chizishni boshladi.
O'ng tomon burchakda albatta Ismoil tengi yosh bolalarga doimiy chizish elementi doira shaklida sap-sariq qalamda bo'yaladigan quyosh joylashdi,orqa fonda uncha baland boʻlmagan lekin cho'qqisida hali erib ketmagan qorli togʻlar joylashgan edi.
Birinchi boʻlib o'zini tasvirini chizishni boshlagan Ismoilning o'ng qo'lidan Otasi Ilyos,chap qo'lidan Onasi Fotima tutib turishgan edi.


Ha to'g'ri Ibrohimchi, hikoyamizning bosh qahramonichi u qayerda qoldi...
Aka bu-Ukalarning hayotida, xotiralarida, bolalikdagi shirin xotiralarni miriqib kulib eslashga sabab bo'ladigan inson.
Ismoilning akasi ham xuddi shunday uni orqasida turib beradigan munosib tirgak edi,shamolda sinmasligi uchun,yomg'irda qolmasligi uchun,jazirama quyosh taftida kuymasligi uchun,Otasi o'tganidan keyin "Yetimcha" degan nomni olmasligi uchun ham barcha barchasi uchun tog'ning oldida turib bergan yagona qahramon edi.
Mana rasm ham chizib tugallandi.Endi buni akasiga ko'rsatish xoldi xolos, yoʻq yoʻq bo'lmaydi Ibrohimga bu rasmni ko'rsatolmaydi, yaxshisi uni shunday bir o'rinda qo'ysinki Ibrohimning o'zi rasmni koʻrib qolsin.

-Ismoil qayerdasan
- Ha oyijon
- Qayerdasan deyapman Ismoil
- Hov labbay oyijon
- Nima qilyapsan ichkarida qidirmagan joyim qolmadi
- Ha ana uuu haligi
- Nima u qo'lingda qani berchi
- Yoʻq hech narsa emas
- Ber dedim qani nima ekan u
Ana xolos Fotima opa rasmni koʻrib qoldi,mayli yaxshi bo'ldi o'zi Onasidan yashirib nima keragi bor edi
Fotima opa rasmni koʻrib Ismoilning boshini silab peshonasidan oʻpib qoʻydi va boshqa hech narsa deyolmay xonadan chiqib ketdi.

Kech tushib qolib hovli darvozasidan Ibrohim kirib keldi,rossayam charchagan bola o'zini uyga kirish eshigidagi ostonaga otdi, akasining shunday charchab kelishini kutgan Ismoil hammalari birga turadigan xonadagi stol ustiga rasmni qo'ygan edi,chunki bilardi akasi uchun xuddi shu stolda achchiqqina sovib qolgan choy turardi va Ibrohim kechki ovqat tayyor bo'lganicha bir choynak choy charchoqni chiqarishini.
Bu gal Ibrohim choyga qaramadida oq qog'ozga chizilgan rasmni katta taassurot bilan tomosha qildi.
Buni ko'rib turgan Ismoil akasini oldiga kelib bolaligi tutib
- Qalay chiqibdi Leonardo Da Vinci bo'ldimi endi dedi qoshlarini chimirib
- Ha albattada o'zimni Ismoil Vinchiyim
-Ey hazilashmayapman deb jiddiy tusga kirdi
- Men ham hazillashganim yoʻq,to'g'risi juda chiroyli chizibsan
- Ha aytmasangiz ham bilardim o'zi
- Zo'r rasm bo'libdi Ismoil
- Rahmat akajon deb o'zini Ibrohimning yelkasiga otdi va doimgiday bu yelkalar suyanish vazifasini bajardi
Bularni koʻrib turgan Fotima Aka-ukalarning mehr-oqibatini koʻrib ko'ziga yosh oldida Illohim oqibatlaringiz oxirigacha bardavom boʻlsin deb yuziga fotiha tortdi.


Mana bu voqealar boʻlib o'tganiga ham 10yil boʻldi.
Ibrohim bu yil Toshkent Jahon tillari Universiteti 1-bosqich Magistiri
Ismoil esa akasiga havas qilib Jahon tillari Universitetiga kirish imtihonlari uchun katta g'ayrat bilan tayyorgarlik ko'ryapti.


Bu kunlarning barchasi yosh bolalarning olgan Zarbalari samarasi natijasidagi yutuqlar albatta.
Aka-Ukalar Fotima opaga tug'ulgan kuniga deb katta sovgʻa tayyorlab qo'yishgan sovgʻa....Umra safariga bir kishilik yo'llanma

Va eng soʻnggi qaynoq yangiliklardan Ibrohim bir Muslima qiz topib qo'ygan Onasiga dastyor
Xullas shunaqa gaplar ha yaqinda To'y kelinglar

Tugadi.

Hikoya muallifi
#Shalola_Savriyeva


Qimmatli vaqtingizni ayamasdan o'qib chiqqaningizdan xursandmiz.
713 viewsedited  17:17
Ochish/sharhlash
2022-08-27 19:45:35
695 views16:45
Ochish/sharhlash
2022-08-27 17:30:40


Joxilyatda ayol uchun yilda 1marta bayram ,sen gulim o'zingni turli fitnalardan asra men senga har kuningni bayram qilib beraman in shaa Alloh)) deydigan yoringiz boʻlsin
703 views14:30
Ochish/sharhlash
2022-08-27 17:26:21 وَلِلَّهِ مُلْكُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ ۗ وَاللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ

«Осмонлару ернинг мулки Аллоҳникидир. Ва Аллоҳ ҳар бир нарсага кодирдир.»

(Оли Имрон - 189)
688 views14:26
Ochish/sharhlash
2022-08-27 11:43:48
Allohdan o’zingiz uchun eng xayrlisini so’rang …
714 views08:43
Ochish/sharhlash
2022-08-26 21:42:40 #Zarba 5


Ibrohim uydan chiqib ketar ekan pulga nima olishni reja qilib qo'ygan edi,lekin onasining rejalari bu ikki aka-ukalarni reja orzulariga mutlaqo teskari edi.
Tuman markaziy bozorida odam gavjum Ismoilni bir oydan beri rangli qalamlar deb xarxasha qilishi hech qulog'ini tinch qo'ymasdi va 12ta rangli qalamlari bor qog'oz o'ramni olib sotuvchi ayolga yuzlandi
- Assalomu alaykum opa buni narxi necha so'm
- Va Alaykum Assalom besh ming
Ibrohimning uydan olib chiqqan puli esa sakkiz ming edi
Sotuvchi ayol qo'liga besh mingni tutqazdida,qalamdonni egnidagi Otasi yoshlik chogʻlarida kiyib ancha siyqasi chiqqan pidjagi ichkari xonasiga solib qoʻydi.
Endi Ibrohim non rastasiga yaqinlasharkan uyida nima bor nima yo'qligini eslab qoldi.Ha to'g'ri ro'zg'orda biron bir sabzavotlar yo'q edi bularni o'ylab qiynab ham o'tirmadida sharta nonni narxini so'rab ketdi.Qo'lida qolib ketib beli singan uch ming puli bitta non narxi bilan barobar ekan.
Uyiga bitta non ko'tarib kelayotgan o'g'lini ko'rgan Fotima ertalabki nonushta tayyorlashga tushgandi lekin nonushta tayyorlashga ortiqcha harakat ham qilmadi va stol ustiga qo'yilgan nonni
- Bismillah deb sindirdi
- Ukangni chaqir Ibrohim


- Ismoil
-Hmmm
-Tur
-Hozi aka ozgina uxlay
-Tur turaqol Ismoil bilasanmi senga sovgʻa olib keldim
- Aaaa nima olib keldiz aka
-O'zing o'ylab ko'rchi
-Ha bo'ldi topdim deb shartta o'rnidan turib ketdi
Ichida Akam manga rangli qalam olib kelibdi bilardim o'zi, endi nima chizishni oʻylab ko'rish kerak.

-Oyi oyijon
- Ha Ismoiljon
-Akamchi manga rangli qalam olib kelibdilar
-Ha rostdanmi dedi,o'zi rangli qalam uchun Ibrohimning ertalabdan chiqib ketganini sezib bo'lgandi

-Qani o'tiringlar birga nonushta qilamiz
-Aka qalamlarni qayerda qo'ydingiz?
-Ovqatingni yeb olginchi avval

Oldilariga olib kelib qo'yilgan nonga etibor ham bermagan Ismoil 2 bo'lak nonni olib yeyishni boshladi.

Davomi bor...
742 views18:42
Ochish/sharhlash
2022-08-26 15:37:06
Пайғамбаримиз Расулуллоҳ Соллолоҳу Алайҳивассаламдан Фотима онамизга айтган насихатлари...
767 views12:37
Ochish/sharhlash