Get Mystery Box with random crypto!

Tonggi qisqa xabarlar: Arsenalning so‘nggi 5 o‘yinida 3 mag‘ | CHIROYLI GOLLAR

Tonggi qisqa xabarlar:

Arsenalning so‘nggi 5 o‘yinida 3 mag‘lubiyat, bitta g‘alaba. Borussiya Dortmundda ham shunday natija.

Leypzig Bundesligadagi 156 ta o‘yinida 300-golini urdi.

Ronaldu A Seriyadagi debyutidan beri 68 ta gol urib, 16 ta assist amalga oshirdi. Bu esa shu vaqt ichida A Seriyada hammadan ko‘p natija.

Yuventus 6 ta ketma-ket o‘yinda g‘alaba qozonyapti. Umumiy hisob 14:1.

Barselonaning sobiq prezidenti Gaspar Messining o‘ta yuqori narxdagi shartnomasi haqida: “Baxt qimmat turadi. Bu shartnoma ikki borabar ko‘proq foyda keltirgan.”

Bayer futbolchisi Virts — Bundesliga tarixida 18 yoshgacha 5 ta gol urgan ilk futbolchi.

Laporta: “Magnatlar yoki hukumat tomonidan moliyalashtiriladigan klublardan Messiga takliflar mavjud.”

Manchester Siti 2003-yildan beri APL o‘yinlarida Liverpulni Enfildda yuta olmayapti. Bugun yana bir bor urinib ko‘radi.