Get Mystery Box with random crypto!

#Diqqat | Komment boʻlimi bizga kerakmi oʻzi? — Xabarlar ostig | Real_madrid

#Diqqat | Komment boʻlimi bizga kerakmi oʻzi? Xabarlar ostiga izoh qoldrish, qiziqarli mavzularni birgalikda muhokama qilish ajoyib "Real Madrid" muxlislari bir-birilari bilan ham suhbat boʻlishlarini biz ham istaymiz. Biroq soʻnggi vaqtlarda bizda — Bu xato fikrmi degan tushuncha ham paydo boʻlmoqda!

Sabab — Oʻzaro hurmat saqlash degan tushunchani unutib qoʻyayapmiz, yani baʼzi qoʻshtirnoq ostidagi shaxslar, bu yerda faqat oʻzim borman qabilida, soʻkinib izoh qoldirmoqda. Bu esa juda yomon, unutmang, sahifamizda, qizlar, opalarimiz va singillarimiz ham mavjud, yani — Futbolga qizilar ham muxlisalik qilishi yangilik emas!

Eng asosiysi, barchamiz "Musulmon"miz va Oʻzbekmiz, oʻzaro hurmat saqlang, soʻkinib izoh qoldirmang, reklama tarqatmang. — endilikda kim soʻkinsa yoki reklama tarqatsa qattiq rejim asosida blocklanadi va umuman izoh qoldirish imkoniyatidan mosvo boʻladi!

"Barselona" — muxlislari soʻkib komment qoldirsa yoki boshqa kimdir, sen zoʻrmi? Yoki men qabilida ish tutib javoban soʻkinmang. Nazoratchilar ularga kerakli choralarni koʻrishadi! — Nega? siz ham ularning qoida buzarligiga sherik boʻlib blocklanishingiz mumkin!

Qoʻshimcha — Saviyali inson sifatida izoh qoldiring, (Men 1, Men 2 yoki 1) kabi izohlar ham yozish taqiqalanadi. — Bu ham blocklanishingizga sabab boʻlishi mumkin!

Sifat — Biz uchun sifat muhim, kommentlar 200-300ta boʻlishi shart emas, 10ta boʻlsin, saviyali va ibratli boʻlsin!

"Real Madrid" — Bu "Qirollik klubi" demak, bu yuksak maʼnaviyatni anglatadi. Qaysi jamoa muxlisi ekaningizni, Oʻzbek ekaningiz va eng muhimiz Musulmon ekaningizni unutmang. — Shu sabab har bir yozayotgan izohingizga eʼtiborli boʻling!

Soʻkinsam — Indashmayapti demang, men "Real Madrid" muxlisiman blocklashmaydi, auditoriya yoʻqtishdan qoʻrqishadi demang! — Andishani nomini qoʻrqoqqa chiqarmang, insof berar deb sabr kosamiz ham toʻlib boʻldi.

Bizda letsinziya bor "AXBB"dan roʻyxatdan oʻtganmiz va rasmiy reestr raqamga egamiz, bir necha bora izohlar uchun jarimalar ham toʻldik. Endi har bir qoida buzarlikga keskin choralar koʻramiz!