Get Mystery Box with random crypto!

Snickers ruleti Kerakli mahsulotlar: Biskvit uchun 5 do | RB_Cooking

Snickers ruleti

Kerakli mahsulotlar:

Biskvit uchun

5 dona tuxum
5 osh qoshiq shakar
5 osh qoshiq o'simlik yog'i
4 osh qoshiq kakao
1 choy qoshiq razrixitel
1 chimdim tuz
4 osh qoshiq un

Nachinkasi uchun

Iris maloko 1 banka
Yeryong'oq mag'zi tabga ko'ra

Krem uchun

200 ml qaymoq
3-4 osh qoshiq sugushonniy maloko
2-3 osh qoshiq tvorojniy sir

Ishimizni dastlab biskvit tayyorlashdan boshlaymiz. Tuxum, shakar, tuzni solib
2-3 barobar bo'lguncha yaxshilab mikser qilib olamiz va ustiga yog'imizni solib 2-3 daqiqa mikserlab olamiz. Tayyor bo'lgan massamizga un, kakao, razrixitelni solib yana mikser qilamiz. So'ngra bu massani qoshiq yordamida yaxshilab aralashtirib, pergament qog'oz solingan listga yupqa qilib yoyib pechga yuboramiz. 180 gradusda 15-20 daqiqa pishib chiqadi. Endi buni qog'ozi bilan rulet shaklida o'rab chiqamiz va ustidan sochiq bilan ham o'rab qo'yamiz.

Endi navbat nachinkamizga. Iris molokoga yeryong'oq mag'zini solib yaxshilab aralashtirib olamiz.

Krem uchun kerakli mahsulotlarimizni hammasini 1 ta qilib solib ko'pirtirib mikserlab olamiz.

Tayyor bo'lgan ruletimizni olib birinchi bo'lib nachinkamizni yupqa qilib yoyamiz. Ustidan kremimiz solib yoyamiz va qog'ozi bilan yaxshilab o'remiz. So'ngra kamida
4 soatga muzlatkichga yuboramiz.
Tayyor bo'lgan ruletimizni xoxishga ko'ra bezatamiz. Men chocotella va qulupnoydan foydalandim.

Yoqimli ishtaxa. Albatta tayyorlab ko'ring mazasi og'zingizda qoladi.

Biz bilan birga bo'ling!!!