Get Mystery Box with random crypto!

Odatda men odamlardan «ma’lum fikrga» nisbatan umuman boshqa m | Raykhon's books📚

Odatda men odamlardan «ma’lum fikrga» nisbatan umuman boshqa munosabat kutaman, odamlar esa umuman boshqacha munosabat bildirishadi. Urgʻu bergan narsalari juda joʻndek, (muammo bundayammas, aslini olganda bu tabiiy) qandaydir yengildekmi yoʻq bunday desamam xato, oʻsha fikrni his qilmayotgandek! Ha topdim, xuddi shunday, juda yengil his qilayotgandek, (oʻta hissiyotga berilib, chuqurlashib ketishiyam yomon aslida, lekin hozir buni gapimga aloqasi yoʻq).

Keling yaxshisi boshqacha tushuntiraman: Men odamning yuragi juda muhim aʼzo, u barcha hujayralarni qon orqali O2 va oziq moddalar bilan ta’minlaydi, odam yashashi uchun uning vazifasi juda muhim desam, xuddi siz ha oʻpka nafas olish uchun kerak deyotgandeksiz. Bilaman bogʻliqlik bor fikrda, lekin markaz bu yerda, bu gapda yurak!

Dostoyevskiyni asarlaridagi nima aks etganidanam koʻra nega shu takror aks etgani muhim boʻlganidek!

Dostoyevskiyni asarlaridagi murakkablik, juda ogʻir hissiyotlar qorishmalaridan iborat boʻlgani yozuvchining asarlari orqali yetkazib bermoqchi boʻlgan narsasidan ancha yengil boʻlganidek;

Jahon adabiyotidan (balki fikrlari oʻxshagani his qilganim uchundir) Dostoyevskiy bilan ancha yaxshi kelishaman, Ahmad Lutfiyni ham olami boshqacha. G. Markes esa rosa ustimdan qotib kulgan. Talstoy va ayniqsa Mopasonni qayta-qayta tavsiya etgan boʻlsalarda, yoshlik qilaman hali, ammo Urush va Tinchlikni 4 ta qisminiyam ko’z ostimga olib yuribman. Qolgan bir qancha yozuvchilarni kashf qilganman-u, butkul oʻziga tortib ketmagan.

Fikrlarni chaqishga urunib koʻring. Ahamiyatlilari bormi yoʻq, bu sizning olishinggizga bogʻliq)

@Raykhona_literature