Get Mystery Box with random crypto!

#azimat Ilm toliblari uchun Husaynxon Yahyo qoridan «motivats | "Madrasatur Ravza" Qur'on markazi.

#azimat

Ilm toliblari uchun Husaynxon Yahyo qoridan «motivatsiya»

«Hozir sizlarning oldingizda domla bo'lsa, ovqat bo'lsa, sharoit bo'lsa bundan boshqa o'qish uchun nima kerak? Biz bomdoddan oldin ustozning uylariga 2-3 km piyoda yurib dars topshirib kelardik. Transport bo'lmas edi uyimizda. Qori bo'lganimizdagina velosiped olib berishgan. Unda ham ikki kishiga bitta edi, birimiz mingashib borib kelardik.

Ustozning oldiga kechasi ikkilarda borardik. Kirib dars topshirardik, uyga kelib bomdodni o'qirdik. Bizning davrimizda shunday mehnat qilib ilm olingan. Dars topshirishimiz uchun 10 daqiqa berilardi. Sizning yoningizda 10 soat o'tiribdiku ustoz. Bizda bunday ne'mat bo'lganmas. Hozir ham ba'zilarda yo'q. Lekin sizlarda bor.

Endi shunda ham o'qimasangiz, bilingki, Allohga tavba qilishingiz kerak, Alloh qalbingizni ochishi kerak.

Kelajakda Allohning roziligini topmoqchi bo'lsangiz, hozir nimadir qilishingiz kerak»