Get Mystery Box with random crypto!

#Tanlov O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi hamda Axborot v | Ravshanbek Azizjon oʻgʻli

#Tanlov

O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamkorligida jahon internet tarmog‘ida o‘zbek tilidagi sifatli ma'lumotlarni ko‘paytirish va iqtidorli talabalarni munosib rag‘batlantirish maqsadida WikiStipendiya marafoni yo‘lga qo‘yildi.

Marafon 2022-yilning 20-may kuni soat 00:00 (GMT+5) dan 20-dekabr 00:00 (GMT+5) ga qadar davom etadi. Unda eng faol qatnashgan ishtirokchilar quyida ko‘rsatilgan qiymatdagi bir martalik stipendiya bilan taqdirlanadi:

50 000 000 so‘m
40 000 000 so‘m
30 000 000 so‘m
kuchli beshtalik 20 000 000 so‘m
kuchli o‘ntalik 10 000 000 so‘m.